TOSHKENT, 22 okt — Sputnik. Uzbekiston BMTga mamlakatda ayollar huquqlarini tenglashtirishga qaratilga hatti-harakat haqida bayonot beradi, BMT radiosi xabari asosida.
Oʻzbekiston hukumati oiladagi zoʻravonlik holatlari bilan kurash choralarini ishlab chiqdi. Delegatsiyasi aʼzolari BMTda ushbu qonunda koʻzda tutilgan, ayol oʻz eri tomondidan zoʻrlanganda erning jinoiy javobgarlkka tortilishi haqida hamda respublikada majburiy sterilizatsiyani bekor qilish, homiladan saqlanishning xavfsiz usullari va koʻp nikohli oilalar sonining koʻpayishini oldini olish haqida aytib beradi.
Ayollar huquqlarini cheklashni toʻxtatish qoʻmitasi (CEDAW) respublika rahbariyatiga davlat muassasalarida va xususiy tashkilotlarda ayollarga lavozim berish borasida bir necha savollar berdi.
Oldinroq, ushbu tashkilot respublikadagi “koʻhna tafakkur hamda ayol va erkaklar borasidagi chuqur ildiz otgan qolipli qarashlar”ga tashvishli munosobat bildirgandi. Qoʻmita hukumat ushbu yoʻnalishda qanday ishlar qilayotganligi bilan qiziqdi.