Yangi yil arafasida metroda Betmen avtomobiliga o‘xshagan sostav paydo bo‘ladi

Obuna bo‘lish
Sostav metropolitenning O‘zbekiston yo‘lida dekabr oxirida paydo bo‘ladi. Ushbu sostavni ta’mirlashda O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan materiallardan foydalanildi.

TOShKENT, 23 okt — Sputnik. Poytaxt metropoliteni Yangi yil arafasida shahar aholisiga o‘ziga xos sovg‘a tayorlamoqda. Dekabr oxirida takrorlanmas dizaynga ega bo‘lgan poyezd yo‘nalishga chiqadi, Sputnik muxbiri xabariga asosan.

Toshkent Metropoliteni rahbari o‘rinbosari Abdulaziz Qosimovning so‘zlariga qaraganda yangi sostav 2015-yilning dekabr oyi oxirida O‘zbekiston yo‘lishida ishga tushadi.

“Uning ko‘rinishi shahar aholisi va poytaxt mehmonlari metropolitenda oldin ko‘rgan har qanday poyezddan farq qiladi. Hozirgi kunda uning ichki va tashqi ko‘rinishi ustida ish olib borilmoqda”, — dedi suhbatdosh Sputnik muxbiriga.

Metropoliten vagonlarini yangilash loyhasi 2013-yilda boshlangan edi. Mutaxassislar vagonlarni yangilashning 2 xil yo‘lini taklif qilishdi. Ularnig ikkalasi ham hozirgi kunda yer osti transport tizimida qo‘llanilayotgan vagonlardan katta farq qiladi. Qosimovning so‘zlariga qaraganda, yangi vagonlar Toshkent yo‘lovchi vagonlarini qurish va ta’mirlash zavodi tomonidan Toshkent metrosining eski vagonlarini chuqur qayta ta’mirlash yo‘li bilan yaratilgan.

“Eski vagonlardan faqatgina ularning tashqi korpusi qolgan bo‘lib, ular ham o‘zgartirilgan. Vagonlar ichki tomondan butunlay boshqacha. Ta’mirlashda ishlatilgan materiallarning 30% O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan”, — dedi zavod vakili.

Yangilangan sostavlarning birinchisi bir necha oydan beri poytaxning Chilonzor yo‘lida ishlamoqda. Toshkentliklar unga, Toshkent-Samarqand yo‘nalishida qatnaydigan “Afrosiyob” tez yurar poyezdiga o‘xshash bo‘lgani uchun “Yer osti Afrosiyobi” deb nom quyishgan.

Toshkent Metropoliteni vakillari aytishiga qaraganda – bu nafaqat yo‘lovchilarni hayratlantirish usuli, balki ushbu ikki boshlang‘ich loyhalar o‘zini qanday ko‘rsatishini tekshirish, ularning ekspluatatsion xarakteristikalari haqida ma’lumot yig‘ishdir. Natijada ulardan eng yaxshisi tanlab olinadi.

Yangi poyezdni ko‘rganlardan birining so‘ziga qaraganda, yo‘lovchilarni juda qiziq tomosha kutmoqda.  “Tasavvur qiling-a stansiyaga haqiqiy betmobil kirib keladi, faqat to‘rt vagonli. Albatta, hammaning o‘z tasavvuri bor, lekin bir narsa aniq-ki, ushbu taasurotlar yorqin va juda ijobiy bo‘ladi”, — dedi u.

Yangiliklar lentasi
0