XVF 2015-16 yillarda Qozog‘iston YaIMi kamayishini bashorat qildi

© Sputnik / Natalya Seliverstova / Mediabankka o‘tishXalqaro valyuta fondi
Xalqaro valyuta fondi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Xalqaro valyuta fondining fikriga ko‘ra kamayishning asosiy sababi neft narxining pasayishi. O‘zbekiston, uzoq muddatli gaz shartnomalarga qo‘l qo‘yganligi tufayli, bu borada kamroq qiyinchiliklarga duch keladi.

TOShKENT, 23 okt — Sputnik. XVF 2015-16 yillarda Qozog‘iston YaIMi kamayish bashoratini 1,5 – 2,4 % ga qisqartirdi, deyilgan xalqaro fondning regional bayonotida.

XVF mutaxassislari fikriga ko‘ra, O‘rta Osiyo, Yaqin Sharq, Kavkaz va Shimoliy Afrika neft eksport qiluvchi mamlakatlar moliyaviy ko‘rsatkichlari bashorati neft narxining keskin tushib ketishi munosobati bilan qisqartirildi. O‘rta Osiyo mamlakatlari orasida Qozog‘iston moliyaviy ko‘rsatkichlari bundan eng katta zarar ko‘rdi.   

Brent sortiga mansub neft barrelining narxi 2015-yilda o‘rtacha 53 dollar deb baholanmoqda. O‘tgan yilning birinchi yarmida ushbu ko‘rsatkich 110 dollarni tashkil qilgan edi. O‘zbekiston va Turkmaniston bu borada kamroq zarar ko‘rdi, chunki ular uzoq muddatli gaz yetkizib berish shartnomalari imzolashgan.

Qozog‘iston YaIMi 2014-yilda 4,3%ga o‘sgandi. Ushbu yilning avgust oyida XVF Qozog‘iston iqtisodining 2%ga, 2016-yilda esa 3,25% o‘sishini kutgandi. Ushbu ko‘rsatkichlarning susayishi bozorda neft narxi pasayishi oqibatida deyilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0