Patent to‘lovlari avtomatik ravishda tekshiriladi

© Sputnik / Pavel Lisisin / Mediabankka o‘tishMigrantlar imtihon topshirmoqda
Migrantlar imtihon topshirmoqda - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiyaning Federal migratsiya xizmati patentlar to‘lovini haqidagi ma’lumotlarni har kuni yangilaydigan bo‘ldi.

TOShKENT, 23 okt — Sputnik. Patentlar to‘lovi haqidagi ma’lumotlarni avtomatik ravishda har kuni yangilash, qalbaki kvitansiyalar ishlatish oldini oladi, FMX matbuot xizmati xabariga ko‘ra.

Ushbu yil boshidan boshlab MDH fuqarolari Rossiyada ishlash huquqi olish uchun patent rasmiylashtirishi shart. Patent bir yil muddatga beriladi va u faqat avans puli to‘langan muddatga amal qiladi.

“Avans to‘langan patentlar haqidagi ma’lumotlar har kuni yangilanadi. Bu qalbaki kvitansiyalar ishlatishni oldini oladi”, — deb xabar berdi matbuot xizmati.

Agar to‘langanligi haqidagi ma’lumot FMX xizmatiga yetib kelmasa chet el fuqarosi ma’muriy javobgarlikka tortilishi, uning patenti bekor qilinishi va Rossiya hududiga kirish huquqidan mahrum qilinishi mumkin.

Patent to‘lovini haqidagi ma’lumotni avtomatik aniqlash mexanizmi FMX va Federal G‘aznachilik bilan muvofiqlashtirilgan.  

Ushbu yilda migratsiya xizmati chet el fuqarolariga umumiy hisobda 1,5 million patent rasmiylashtirgan. Regional budjetlarga 24,2 milliard rubl daromad tushdi. Bu o‘tgan 2014-yilga qaraganda 1,7 baravarga ko‘p.

 

Yangiliklar lentasi
0