Putin "Lada-Vesta"ni sinab ko‘rdi

Obuna bo‘lish
Vladimir Putin “Valday” klubi majlisiga “Lada-Vesta” minib keldi va jurnalistlarga o‘z taasurotlarini aytib berdi.

 

“Juda yaxshi avtomobil,  boshqarishga qulay”, — dedi Putin avtomobildan tushib.

Avtomobil ham mexanik ham avtomat uzatish qutisi bilan jihozlanadi. Putin avtomat uzatish qutisini ishlashiga yaxshi baho berdi. “Biz toqqa ko‘tarildik, u yerda yo‘l juda tik bo‘lishiga qaramasdan, mashina juda ravon yurdi”, — dedi prezident.

Jurnalistlar Putindan qanday tezlikda harakatlanganini so‘rashdi. “Bu yer aylanma tog‘ yo‘li-ku, xamma joyda tezlik 30-50 km bilan cheklangan. Rostini aytsam, sal tezroq haydadim”, — dedi Putin.

Eslatib o‘tamiz hozir prezidenning ikki Gaz-21 “Volga” avtomobili va “Niva”si bor. Putinning birinchi "Zaporojes" avtomobili muzeydan o‘rin olgan.

2010 yil avgustida prezident "Lada-Kalina" ni test-drayv qilgandi. O‘shanda  Putin Xabarovskdan Chitagacha 2165 km masofani bosib o‘tib avtomobildan mamnun ekanligi aytgandi, lekin bosib o‘tgan yo‘lining 500 km jiddiy ta’mirlanish kerakligini ham aytgandi.

Lada Vesta avtomobili AvtoVAZning Ijevskdagi zavodida 25-sentabrdan boshlangan. 2015-yilda 6000ga yaqin, 2016-yilda 70 ming avtomobil ishlab chiqarish rejalashtirilgan.

 

Yangiliklar lentasi
0