OAV: Qayta ishlangan go‘sht mahsulotlari kanserogen mahsulotlar ro‘yxatiga kiritishi mumkin

© Sputnik / Vladimir Pesnya / Mediabankka o‘tishQayta ishlangan go‘sht mahsulotlari
Qayta ishlangan go‘sht mahsulotlari - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Shifokorlar ishontirishiga qaraganda, qayta ishlangan go‘sht mahsulotlari, margumush, nikotin va asbest kabi kanserogen moddalarga boy bo‘lib onkologik kasalliklar sababchisi bo‘lishi mumkin.

TOShKENT, 23 okt – Sputnik. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) bekon, kotleta va sosiska kabi mahsulotlarni xavfli kanserogen moddalar qatoriga qo‘shmoqchi, RIA Novosti xabariga asosan.

Britaniyaning The Daily Mail gazetasi xabariga ko‘ra, shifokorlar go‘sht mahsulotlarini margumush va asbest kabi rak kasaliga olib keluvchi mahsulotlar qatoriga qo‘shish kerak. OAV xabariga ko‘ra xom go‘sht ham kanserogen moddalarga boy mahsulotlar qatoriga kiritilishi kerak, chunki xavfligi bo‘yicha go‘sht konserva qilingan mahsulotlardan qolishmaydi.        

JSST olimlarining so‘ziga qaraganda, qayta ishlangan go‘sht mahsulotlarini “ichak rak kasali” ehtimolini oshiradi. Ushbu xabar Britaniyada rakdan yiliga 150 ming kishi vafot etayotgan paytda tarqatilmoqda.

Nashrning fikriga ko‘ra, ushbu xabar fastfud ovqatlanish tizimi va qishloq xo‘jaligiga katta zarar yetkizishi mumkin. Rak kasali ehtimolini oshiruvchi, kanserogen mahsulotlar ro‘yxati, rasman dushuanba kuni e’lon qilinadi.

 

Yangiliklar lentasi
0