Chevrolet Spark RS – Korvett ko‘rinishida

© ChevroletChevrlet Spark RS
Chevrlet Spark RS - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Las-Vegasda SEMA tuning ko‘rgazmasida Chevrolet yangi Spark RSni namoyish qiladi.

TOShKENT, 23 okt — Sputnik. AQShning Las-Vegas shahrida bo‘lib o‘tadigan SEMA tuning ko‘rgazmasida Chevrolet kompaniyasi yangi Spark RS ni namoyish qiladi, Motor.ru sayti xabariga ko‘ra.  

Chevrolet kompaniyasining AQSh va Koreyadagi dizaynerlari hamkorligida ushbu avtomobilning tashqi ko‘rinishi o‘zgartirilgan. Jumladan uning oldingi va orqa bamperining pastki qismlari kabondan yasalgan, kuzovining bir necha joylariga qora va kulrang plastikdan yasalgan qo‘shimcha qismlar o‘rnatilgan. Xetchbekning klirensi pasaytirilib unga 17 dumli disklar o‘rnatilgan.

Plastik elementlar va disklar eng yangi Chevrolet Corvette dizayni uslubida yasalgan. “Har bir Shevroleda Korvet DNKsi bor. Bizning eng kichik avtomobilni ham personalizatsiya qilish imkoni bor”, — dedi kompaniyaning bosh dizayneri Todd Parker.

Texnik jihatdan avtomobil o‘zgarmagan, o‘sha o‘sha 1,4 kubli, 98 ot kuchiga ega bo‘lgan motor. Ushbu avtomobil yaratilishidan asosiy maqsad – omma e’tiborini kuzatish. Agar qiziqish juda katta bo‘lsa uni ishlab chiqarish masalasi ko‘rib chiqiladi.    

 

 

Yangiliklar lentasi
0