TOSHKENT, 23 okt — Sputnik. Oʻzbekistonlik dizayner Zulfiya Sulton Moskvada boʻlib oʻtgan Mercedes Benz Fashion Week Russia koʻrigida oʻz liboslarini taqdim etdi.
Yevropaning eng yirik koʻriklaridan biri boʻlga Moskvadagi moda haftasida dunyoning yetakchi dizayner va modelerlari 2016 yil bahor-yoz mavsumiga oʻz liboslarini taqdim etishdi.
“Men podiumdan ajoyib oʻzbek matolari tili bilan gapiraman, yorqin va jimjimador ikat naqshlari hamda jozibali koʻrinishlar! Umid qilamanki, bu chiroyli, mazmunli va esda qoladigan feshn-monolog boʻladi, hatto eng tanti ommani ham befarq qoldirmaydi”, — deb oʻrtoqlashshgandi Zulfiya Sulton koʻrik oldidan oʻzining Facebookdagi sahifasida.
Zulfiyaning liboslarida Oʻzbekistonning rang barang koʻrinishlari va boy madaniy merosi aks ettirilgan. Ushbu betakror liboslar Moskvaning kulrang manzarasida juda koʻrkam koʻrinadi.







