Madaniyat

Alisher Navoiy teatri taʼmirdan keyin ochildi

© Flickr / Dan LundbergAlshera Navoiy teatri va favvora majmuasi
Alshera Navoiy teatri va favvora majmuasi - Sputnik Oʻzbekiston
Toshkentda taʼmirlangan Alisher Navoiy nomli DAKT ochildi. Ochilish marosimida, Oʻzbekistonga davlat tashrifi bilan kelgan Yaponiya bosh vazir Sindzo Abe ham qatnashdi.

TOSHKENT, 26 okt — Sputnik. Toshkentda taʼmirlangan Alisher Navoiy nomli DAKT ochildi. Ochilish marosimida, Oʻzbekistonga davlat tashrifi bilan kelgan Yaponiya bosh vazir Sindzo Abe qatnashdi, "Gazeta.uz" xabariga koʻra.

1947 yilda qurib bitkazilgan teatr binosi, milliy meʼmorchilikning noyob namunalaridan biri va mamlakat madaniy boyligidir. Uning qurilishida 1945 yilda Toshkentga haydab kelingan yaponiyalik harbiy asirlar qatnashgan.

Taʼmir davomida teatr binosi va uning atrofidagi maydon ham yangilandi. Binoning injener va kommunikatsiya tizimlari, jumladan isitish va havo haroratini nazorat qilish tizimlari toʻliq yangilandi. Teatr intererning dastlabki koʻrinishini saqlab qolishga katta eʼtibor qaratildi.

736 kishiga moʻljallangan, tomoshabinlar zali tillarang sharqona naqshlar va ulkan qandil bilan bezatilgan. Zal zamonaviy yoritish va tovush kuchaytirish uskunalari bilan jihozlangan. Sahaning pastki qismida orkestr oʻrasi joylashgan. Kerak boʻlganda, u sahna darajasigacha baland koʻtarilishi mumkin.      

Teatr qayta ochilishi munosobati bilan, katta bayram kontserti boʻlib oʻtdi. Unda oʻzbek bastakorlarining asarlari ijro etildi.

 

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala