Afg‘onistondagi yer qimirlashi qurbonlari soni 200dan oshdi

© Sputnik / Aleksey Kudenko / Mediabankka o‘tishYer qimirlashi oqibatlari
Yer qimirlashi oqibatlari - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Afg‘onistonda 26-oktabr kuni 7,5 balli yer qimirlashi sodir bo‘ldi. Uning ta’sri O‘rta Osiyoning boshqa respublikalarida ham sezildi.

TOShKENT, 27 okt — Sputnik. Afg‘onistonda sodir bo‘lan yer qimirlashi qo‘shni Pokiston hududida ham kuchli sezildi. Ko‘plab shahar va qishloqlarda aholining uylari, maktablar va boshqa binolar shikastlandi, RIA Novosti xabari asosida.

Ushbu yer qimirlashidan qurbon bo‘lganlar soni Afg‘onistonda 51 kishini, jarohatlanganlar soni  270 kishini tashkil qildi. Qo‘shni  Pokistonda esa qurbonlar soni 150 kishidan oshdi.

Qurbonlar orasida Taxar viloyati maktablardan birida, tiqilinchda qurbon bo‘lgan 12 qiz bola ham bor. Yer silkinishi boshlanganidan keyin, maktab binosidan qochib chiqmoqchi bo‘lganlar soni ko‘p bo‘lgan va kuchli tiqilinch yuz bergan.

Geo TV xabariga ko‘ra, mamlakatning turli burchaklarida qurbonlar soni 156 kishiga yetdi, kasalxonalarda 500dan ortiq jarohatlanganlar bor.  

Afg‘onistonda Dushanba kuni soat 14.09da magnitudasi 7,5 ball bo‘lgan yer qimirlashi sodir bo‘ldi. Yer qimirlashi episentri Djurm shahridan 45km janubi-g‘arbida joylashgan edi.

 

Yangiliklar lentasi
0