Eriell O‘zbekistonda 60 ta neft va gaz qudug‘i quradi

© Sputnik / Vladimir Astapkovich / Mediabankka o‘tishNeft qazib olish uskunasi
Neft qazib olish uskunasi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
“O‘zneftegazqazibchiqarish” AK vakili Toshkentda o‘tkazilgan Xalqaro Sanoat yarmarkasida tender g‘olibining O‘zbekiston bozorida tajribasi katta dedi.

TOShKENT, 27 okt — Sputnik. “O‘zneftegazqazibchiqarish” AK vakili xabariga ko‘ra, Eriell xalqaro neftservis guruhi, O‘zbekistonning Buxoro va Qashqadaryo viloyatlaridagi joylashgan neft konlarida 63 ta yangi qazib olish qudug‘i qurish tenderida g‘olib chiqdi.

Oldinroq “O‘zbekneftegaz” AK 2016-2018 yillarda mamlakatning janubi va sharqida joylashgan, ishlab turgan neft konlariga 486 million dollar sarmoya kiritishi xabar berilgan edi. Xususan, Buxoro va Qashqadaryo viloyatlarida joylashgan, umumiy narxi 480 mln dollar bo‘lgan, 63 ta yangi qazib olish qudug‘i qurish tenderi e’lon qilingan edi.  

Loyha shu qatorda, Andijon, Qashqadaryo va Curxondaryo viloyatlarida joylashgan 40 neft quduqlarida, yer qatlamini radial yorishni ham ko‘zda tutgan. Ushbu ishlarning umumuiy qiymati 6 million dollarni tashkil qiladi.

“O‘zbekneftegaz” oldinroq 2015-2019 yillarda O‘zbekistonning neft va gaz sohasini rivojlantirish loyhasini ishlab chiqqandi. Ushbu loyhani amalga oshirish 2020-yilga kelib mamlakat shartli yonilg‘i zahiralari hajmini 468,7 mln tonnaga (365 mlrd kubometr tabiy gaz gaz va 31,7 mln tonna suyuq yonilg‘i) yetkizishi kerak.

Hozirgi kunda "O‘zbekneftegaz" MXK qazib olish quvvati yiliga 70 mlrd tonna gaz va 8 mlrd tonna suyuq uglevodorod mahsulotlarini tashkil qiladi. Oxirgi ikki yil mobaynida qazib olingan uglevodorod mahsulotlari hajmi e’lon qilinmagan.

 

Yangiliklar lentasi
0