Jahon banki O‘zbekiston YaIM o‘sishi bashoratini 7,6 % dan 7 %ga kamaytirdi

Obuna bo‘lish
Asosiy sabab - jahon bozorida paxta va oltinning narxi tushib ketishi hamda pul o‘tkazmalarining kamayishi, deyilmoqda.

TOShKENT, 27 okt — Sputnik. Seshanba kuni Jahon banki shu yilning iyul oyida e’lon qilingan 2015-yil O‘zbekiston YaIM o‘sishi miqdori bashoratini 7,6 % dan 7 % ga kamaytirdi.

Bank mutaxassislari hisobotiga ko‘ra, O‘zbekistondagi iqtisodiy rivojlanish 2016-yilda 7,8% o‘rniga 7,5 % ni tashkil qiladi. 2017-yilda esa 8% o‘rniga 7,8 %ni tashkil qiladi. O‘zbekiston YaIMi 2014-yilda 8,1 % o‘sish ko‘rsatdi.

2015 yilda O‘zbekiston tashqi hisob-kitob raqami saldosi YaIMning 0.2% ni tashkil qiladi. 2014-yilda ushbu ko‘rsatkich 1,3% ni tashkil qilgandi. 2016, 2017-yillarda ushbu ko‘rsatkich 0,3 va 0,4 % bo‘lishi kutilmoqda.  

Hisobotda aytilishiga ko‘ra, respublikada eksportni diversifikatsiya qilish va ichki talab hajmini oshirish yaqin yillar orasida iqtisodiyot rivojlanishiga hissa qo‘shadi, lekin paxta va oltinning narxi tushib ketishi va Rossiya kabi asosiy esport bozorlarida iqtisodiy ko‘rsatkichlarning pastligi, hamda 2015-yilda pul o‘tkazmalarining 1,55 baravar kamayishi, YaIM o‘sishini 8% ga yetkizishni ta’minlamaydi.

Eslatib o‘tamiz, oxirgi 10-yilda O‘zbekiston YaIM o‘sishi 8 % dan yuqori bo‘lgan.

Biroz oldin, O‘zbekiston hukumati 2015-yilda YaIM o‘sishi 8% bo‘lishini kutayotgani xabar berilgandi.

 

Yangiliklar lentasi
0