O‘zbekistonda 2016-yilda MAN avtobuslari ishlab chiqarish boshlanadi

Obuna bo‘lish
Hozirgi kunda ushbu avtobusnamunasi respublikada tajriba sinovlaridan o‘tmoqda.

TOShKENT, 27 okt — Sputnik. JV MAN Auto-Uzbekistan O‘zbekiston-Germaniya qo‘shma korxonasi 2016-yil fevralida MAN A 22SPG shahar  avtobuslari ishlab chiqarishni rejalashtirgan, Sputnik muxbiri xabari asosida.

Boshida ishlab chiqarish katta bo‘lakli yig‘ishdan tashkil topgan bo‘ladi. Unda kuzov tayor shassiga o‘rnatiladi.

“Malayziyadagi MAN zavodida O‘zbekiston uchun bir dona nammuna avtobusi ishlab chiqarilgan va unga gaz-ballon uskunasi o‘rnatilgan. Hozirgi kunda ushbu avtobus Toshkentda sinovdan o‘tmoqda. O‘zbekistonda boshida 50 ta avtobus yig‘ish rejalashtirilgan”, — dedi kompaniya vakili.

UzAutoTrailer sho‘’ba korxonasida avtobuslar ishlab chiqarish tizimi allaqachon o‘rnatib bo‘lingan. Avtobus 90 yo‘lovchiga mo‘ljallangan bo‘lib, Euro 5 standartiga mos, 310 ot kuchiga ega motor bilan jihozlangan.

Korxonada avtobus uchun ehtiyot qismlarni bosqichma-bosqich o‘zlashtirish dasturi ishga tushirilgan. 2018-yil oxirigacha shisha va plastikdan yasalgan qismlarini, o‘tirg‘ichlarni, podramnik va kronshteynlarni ishlab chiqarish rejalashtirilgan.

2020 yilga kelib avtobus faralari, elektr simlari, pol va ichki qoplami materiallari, eshiklari, qulflari, tutqichlari ishlab chiqish, 2022-yilga kelib kuzovning alyumin profillari ishlab chiqish ko‘zda tutilgan.

Yangiliklar lentasi
0