Tojikistonda qovun shaklida qurilgan choyxona paydo bo‘ldi

© Sputnik / Maxpora Kiromova"Qovun" ko‘rinishidagi Milliy Choyxona. Tojikiston
Qovun ko‘rinishidagi Milliy Choyxona. Tojikiston - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Choyxona ko‘rinish va dizayn bo‘yicha dunyoda yagonadir.

TOShKENT, 27 okt — Sputnik. Tojikistonning Hissor shahrida qovun shaklida qurilgan birinchi “Milliy choyxona” ochildi, deb xabar berdi prezident matbuot xizmati.

Choyxonaning birinchi qavatida mingdan ziyod odam birdaniga ovqatlanishi mumkin. Asosiy zal ikkinchi qavatda, “qovun” ichida joylashgan. U yerda 1200 kishi birdaniga joylashishi mumkin. Bu g‘ayrioddiy bino maydoni bo‘yicha ko‘proq stadionga o‘xshaydi. Uzunligi – 100 metr, eni – 55 metr, balandligi – 100 metr.

Mehmonlar zalidan tashqari “Milliy choyxona”ekologik toza texnika bilan jihozlangan beshta oshxona va xodimlar uchun ikki alohida xona bilan jihozlangan. Choyxona ichi daraxtlar, o‘simliklar va gullar bilan bezatilgan.

Choyxona qurilishi bir yildan uzoq davom etdi. Loyha “Barakat” korporatsiyasining buyurtmasiga binoan “Shaxrofar” qurilish kompaniyasi tomonidan qisqa vaqt ichida qurildi. Tojikiston hukumati choyxona yaqinida madaniyat va istirohat bog‘i qurishni rejalashtirgan.

Yangiliklar lentasi
0