“Chegara bilmas shifokorlar” kasalxonasiga yana “tasodifan” bomba tashlandi

Obuna bo‘lish
Yamanning Saad shahrida joylashgan “Chegara bilmas shifokorlar” kasalxonasiga havodan hujum qilindi.

TOShKENT, 28 okt — Sputnik. Yamanning Saad shahrida joylashgan “Chegara bilmas shifokorlar” xalqaro tashkilotining kasalxonasiga o‘tgan oqshim bombardimon qilindi.

“O‘tgan oqshom bizning Saad shahridagi shifoxonamizga bir necha aviatsiya zarbalari berildi. Zarba berilgan paytda shifoxonada kasallar va xodimlar bor edi”, — deyilgan tashkilotning Twitter da joylashtirilgan rasmiy xabarida. Hujum qurbonlari va zarar ko‘rganlar haqida ma’lumot yo‘q.

Tashkilot vakili Malak Shaxer (Malak Shaher) Frans Press agentligiga ta’kidlashiga ko‘ra, hujum natijasida hech kim zarar ko‘rmagan.

Eslatib o‘tamiz, oktabr boshida AQSh Afg‘onistonning Qunduz shahrida “Chegara bilmas shifokorlar” kasalxonasini bombardimon qilgandi. Bombardimon paytida shifoxonada 200ga yaqin odam bo‘lgan, ulardan 30 kishi qurbon bo‘lgandi. AQShnig Afg‘onistondagi qo‘shnlari qo‘mondoni general Jon Kempbell 6-oktabr kuni javobgarlikni bo‘yniga olib, hujum “tasodifan” sodir bo‘lganligini aytgandi.

Hozirgi kunda Yamanda qurolli mojaro sodir bo‘lmoqda. Bir tomondan sobiq prezident tarafdorlari “Ansar Alla” harakatiga mansub xusiy musulmonlari ikkinchi tomondan quvg‘in prezident Abd Rabbu Mansur Xadi tarafdorlari. Saudiya Arabistoni prezident Xadini qo‘llab quvvatlab Yamanning xusiy musulmonlari yashayotgan hududlarni bombardimon qilmoqda.

 

Yangiliklar lentasi
0