Siyosatchi: AQSh O‘rta Osiyoda o‘z ta’sirini yo‘qotishdan xavotirda

Obuna bo‘lish
Siyosatchi Vladimir Jarixin AQSh davlat kotibi Jon Kerri nima uchun O‘rta Osiyoga aynan hozir yo‘l olganligini aytib berdi.

TOShKENT, 28 okt — Sputnik, Mariya Sheludakova. AQSh Davlat departamenti, 29-oktabr kuni Davlat kotibining O‘rta Osiyo mamlkatlariga safari haqida e’lon qildi. Jon Kerri Turkmaniston, Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Tojikistonga tashrif buyurib, ushbu mamlakatlar tashqi ishlar vazirlari bilan, uchrashadi.

MDH davlatlari instituti direktori o‘rinbosari Vladimir Jarixin Sputnikka bergan izohiga ko‘ra, ushbu kutilmagan tashrif sababi — AQShning O‘rta Osiyoda o‘z ta’sirini saqlab qolish niyati bilan asosladi.

“Ushbu tashrif O‘rta Osiyo davlatlari taqdiri haqida qayg‘urish natijasida emas, balki AQSh regionda o‘z ta’sirni o‘yqotib borayotgani sababidandir. Undan tashqari, ma’lum jarayonlar sodir bo‘lmoqda, masalan, Qirg‘iziston Manasdagi AQSh harbiy bazasini olib chiqib ketishga majbur qildi”, — eslatdi Jarixin.  

Qirg‘iz aeroportidani AQSh bazasi 2014-yilda chiqarilgan edi. Amerikaliklar uchun ushbu baza logistik jihatdan qiziq edi. Undan tashqari regionda uzoq vaqt davomida qolish – AQShning uzoq muddatli rejalaridan biri.  

Siyosatchi fikriga ko‘ra, davlat departamenti kotibining kutilmagan tashrifining yana bir  sababi — AQSh Afg‘onistondagi harbiy kuchlar faoliyat muddatini cho‘zganligidir. Ushbu munosobat bilan paydo bo‘lgan bir qator masalalar ham, Jarixinning fikriga ko‘ra, Davlat kotibiing kun tartibidan joy olgan.

O‘zbekistonda Samarqandga, boshqa respublikalarda esa poytaxt shaharlariga tashrif rejalashtirilganligining sababi siyosiy emas, dedi ekspert.

Chorshanba kuni ma’lum bo‘lishicha, Tojikistonda bo‘lib o‘tadigan muzokaralar Afg‘onistondagi vaziyat va xavfsizlik muammolariga bag‘ishlanadi.

AQSh prezidenti ta’kidlashiga ko‘ra, amerika qo‘shnlari Afg‘onistonda 2016-yil oxirigacha 9,8 mingdan 5,5 minggacha qisqartiriladi va shu tarkibda o‘zoq vaqtga saqlanib qolishi mumkin.  

Afg‘onistondagi vaziyat oxirga patlarda sezilarli darajada yomonlashdi. “Tolibon” radikal oqimi mamlakaning katta qismoni egallab oldi va shaharlarga hujum uyushtirmoqda.

 

Yangiliklar lentasi
0