FSB direktori: MDH davlatlari terrorizmga qarshi kurashda O‘zbekiston tajribasidan foydalanishi kerak.

© Sputnik / Valeriy Yarmolenko / Mediabankka o‘tishShHT mamlakatlari Tezkor-strategik kuchlarining shtab-qumondonlik o‘quv mashg‘ulotlari.
ShHT mamlakatlari Tezkor-strategik kuchlarining shtab-qumondonlik o‘quv mashg‘ulotlari. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya Federal Xavfsilik xizmati direktori Aleksandr Bornikovning fikriga ko‘ra O‘zbekistonlik hamkasabalar katta ijobiy tajribaga ega, uni boshqa davlatlarga ham tarqatish kerak.

TOShKENT, 28 okt — Sputnik. Rossiiya FXX(FSB) direktori Aleksandr Bortnikovning so‘zlariga qaraganda, MDH davlatlari terrorizm va ekstremizm mafkuralarini oldini olishda O‘zbekiston tajribasidan foydalanish kerak.

Rossiya FXX rahbari “Islom davlati” terrorchilik guruhi xavfi tufayli MDH davlatlari chegaralarini, ayniqsa O‘rta Osiyo hududida, mustahkamlash kerakligini ta’kidladi.

“Ushbu faoliyatga albatta mamlkatning yetuk qorilarni,  jamiyatning obro‘li kishilarini va soha mutaxassislarini taklif qilish kerak. Shuni ta’kidlamoqchimanki, ushbu yo‘nalishda bizning O‘zbekistonlik hamkasabalarimiz katta ijobiy tajriba yig‘ishgan. Ushbu tajriba boshqa mamlakatlarda ham keng qo‘llanishga arziydi”, — dedi Bortnikov MDH mamlakatlari xavfsizlik xizmatlari rahbarlarining 39-kengashida.  

Bortnikov Qozog‘iston va Rossiya prezidentlarining “Islom terrorchilikka qarshi” nomli xalqaro forumini tashkil qilish haqidagi taklifini darhol qo‘llab-quvvatlash kerakligini ta’kidladi.

 

Yangiliklar lentasi
0