Hodisalar

Oʻzbekiston va Qirgʻiziston chegarasida yer qimirlashi sodir boʻldi

© Matt KatzenbergerSeysmograf ishi
Seysmograf ishi - Sputnik Oʻzbekiston
Qirgʻiziston respublikasi Seysmologiya instituti maʼlumotiga qaraganda, yer silkinishlari kuchi, MSK-64 shkalasi boʻyicha 3 ballni tashkil qildi.

TOSHKENT, 29 okt — Sputnik. Qirgʻizistonda erta tongda yana bir marta yer qimirlashi sezildi, Sputnik Qirgʻiziston respublika FH vazirligi xabariga asosan.

Qirgʻiziston respublikasi Seysmologiya instituti maʼlumotiga qaraganda, yer silkinishlari kuchi, MSK-64 shkalasi boʻyicha 3 ballni tashkil qildi.  

Yer qimirlashi oʻchogʻi Oʻzbekiston va Qirgʻiziston chegarasida, Iordan oʻzbek qishlogʻidan 2-3 km janubi-sharqda, Shohimardondan qishlogʻidan 8 km janubi-gʻarbda joylashgan.    

Dastlabki maʼlumotlarga qaraganda qurbonlar va keltirilgan zarar haqida maʼlumotlar yoʻq.

Eslatib oʻtamiz, 26 oktyabr kuni Afgʻonistonda 7,5 balli kuchli yer qimirlashi sodir boʻlgandi, va uning taʼsiri Toshkentda ham 5,5 ball darajasida sezilgandi.

 

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala