Iqtisod

"Volgaburmash" Oʻzbekiston bozorida oʻz ulushini ikki baravar oshiradi

© Sputnik / Ramil Sitdikov / Fotobankka oʻtishBurgʻulash qurilmasi
Burgʻulash qurilmasi - Sputnik Oʻzbekiston
Korxona Oʻzbekistonning neft va gaz qazib olish sohalariga turli xil burgʻulash iskanalari yetkizib beradi.

TOSHKENT, 29 okt — Sputnik. Rossiyaning "Volgaburmash" korxonasi ushbu yilda Oʻzbekistonga eksportini ikki martadan ziyodga oshirmoqchi, korxona vakilining Sputnik muxbiriga bergan xabariga koʻra.

Uning soʻzlariga qaraganda har yil korxona Oʻzbekistonga 4-5 million dollarlik mahsulot yetkizib beradi. Kelasi yilda ushbu koʻrsatkichni 10-15 million dollarga yetkizish koʻzda tutilgan.

“Bizda oʻzbek bozoriga qiziqish katta, chunki u yerda imkoniyatlar juda keng. Oldin Oʻzbekistonlik korxonalar bilan vositachilar orqali ishlardik, endi boʻlsa, toʻgʻridan-toʻgʻri munosobat qurish niyatidamiz”, — dedi u.

Korxona Oʻzbekistonga uglevodorodlar qazib olish quduqlari uchun turli xil burgʻulash  iskanalari yetkizib beradi. Oʻtgan yili 3,5 ming dona turli xil iskanalar yetkizib berilgandi. Suhbatdoshning soʻzlariga qaraganda, respublikadaga “Oʻzbekneftgaz” korxonalarini asbob-uskuna bilan taʼminlaydigan “Oʻztashqineftgaz” korxonasi bilan bir necha yildan beri amal qilayotgan shartnoma bor.  

“Sohaning yetakchi korxonalari boʻlgan – Navoiy va Olmaliq togʻ-metallurgiya kombinatlari bilan aloqa oʻrnatish rejalashtirilgan. Bizning uskunalarimiz Xitoynikiga qaraganda, bir qator soʻzsiz imtiyozlarga ega, oʻylaymanki, bu albatta oʻzbekistonlik hamkorlarni qiziqtiradi,” – dedi suhbatdosh.

Oʻzbekiston bozoriga chiqish uchun hozir juda qulay vaqt, chunki rublning qadri tushib ketishi va dollar narxi oshishi Rossiya mahsulotlarining raqobatbardorligini sezilarli darajada oshirdi. Boshqa mamlkakat mahsulotlarining narxi oshgan paytda, bizning narxlarimiz pasaydi, dedi kompaniya vakili.

 

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala