Chet el fuqarolariga davlat korxonalirini boshqarish huquqi berildi

© Pixabay / AlexanderSteinBiznes va boshqaruv
Biznes va boshqaruv - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston prezidenti Islom Karimov o‘z qarori bilan chet ellik boshqaruvchilarga aksiyadorlik jamiyatlarining boshqaruvchi lavozimlarida ishlash huquqini berdi.

TOShKENT, 30 okt — Sputnik. O‘zbekiston Oliy Majlisi qonunchilik palatasi, amaldagi qonunlarga bir qator o‘zgartirishlar kiritdi. Ularga ko‘ra, chet ellik mutaxassislar respublikaning davlat ixtiyorida bo‘lgan korxonalarida boshqaruvchi lavozimlarda ishlash huquqiga ega bo‘ldilar, RIA Novosti paralment matbuot xizmati xabari asosida.

Xususan, deputatlar yuqori malakali chet ellik mutaxassislarni aksiyadorlik jamiyatlarining boshqaruvchi lavozimlarida ishlash tartibini belgilaydigan normalarni qabul qilishdi.  

“Yaqinda deputatlar aksiyadorlik jamiyatlarida korporativ boshqarishning zamonaviy uslublarini kiritish munosobati bilan “O‘zbekiston respublikasining ba’zi qonunlariga o‘zgarish va qo‘shimchalar kiritish” haqidagi qonunni qabul qilishdi”, — Oliy majlis matbuot xizmati xabari asosida.

Parlament vakilining so‘zlariga qaraganda, bundan buyon chet ellik mutaxassislar boshqaruvchi lavozimlar konkurslarida qatnashish huquqiga ega bo‘ladi. Ushbu o‘zgartirishlar haqidagi qonun Senatga yuborildi.  

Ushbu qonunga ko‘ra, chet ellik mutaxassislar daromad solig‘i, sug‘urta fondiga to‘lovlardan ozod qilinadi. O‘z navbatida, korxonalar ham  ushbu mutaxassis maoshidan ijtimoiy fondlarga to‘lanadigan soliqlardan ozod qilinadi.

Shu yilning may oyida, davlat rahbari qaroriga binoan Oliy biznes maktabi o‘rniga, Germaniya va boshqa rivojlangan mamlakatlar bilan hamkorlikda Korporativ boshqaruv ilmiy-ta’lim markazi ochildi.

Ushbu markazga boshiaruvchi kadrlarni tayorlash va ularning malakasini oshirish vazifalari yuklatilgan.  

Yangiliklar lentasi
0