GAZ va O‘zavtosanoat muzokaralar olib bormoqda

© Sputnik / Sergey Mamontov / Mediabankka o‘tishGAZel NEXT tijorat avtomobillari turkumi
GAZel NEXT tijorat avtomobillari turkumi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
2014 yilda GAZ O‘zbekistonga 1000 dan ziyod texnika sotdi, hozirgi kunda mikroavtobus ishlab chiqarish borasida muzokaralar olib bormoqda.

TOShKENT, 2 noya — Sputnik. Rossiyaning "Gruppa GAZ" korxonasi “O‘zavtosanoat” bilan ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish haqida muzokaralar olib bormoqda, kompaniya vakili xabariga ko‘ra.

Unig so‘zlariga qaraganda, GAZ O‘zbekistonda shahar atrofi va Toshkentda shahardagi marshrut taksi segmentida yetakchi transport vositasi o‘rninni egallagan.

“2014 yilda biz O‘zbekistonga mingdan ziyod texnika yetkizib berdik. Ularning aksariyati yo‘lovchi transporti. Bunday transportga yo‘lovchilar soni uncha ko‘p bo‘lmagan, kichik shaharlar va tumanlarda talab katta”, — deydi kompaniya vakili.

Gaz guruhi O‘zbekistonda mikroavtobuslar ishlab chiqarish rejasini o‘rganib chiqmoqdi. Bu borada korxona “O‘zavtosanoat” AJ bilan muzokaralar olib bormoqda. Hozirgi kunda kelishuvlar shartnoma darajisiga yetgani yo‘q. Rossiya tomoni O‘zbekistonda yengil tijorat transporti va karkasli mikroavtobus ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirgan.

“Albatta biz kelasi yilda ham savdo hajmini saqlab qolishga harakat qilamiz. Sotuvga asosan yangi Next modellari chiqariladi. Maxsus texnika segmentida ham ushbu yangi modellar uchun yangi istiqbollar ochiladi. O‘zbekistonda tez yordam avtomobillari va boshqa maxsus texnika namunalarini taqdim etish niyatimiz bor”, — dedi kompaniya vakili.

O‘zbekistonda 2012-yilda import avtomobillari uchun yo‘l fondi hisobiga to‘lanadigan soliqning bekor qilinishi GAZ kompaniyasi uchun katta imkoniyatlar yaratdi. Suhbatdoshning so‘zlariga qaraganda, ushbu o‘zgarish mahsulot narxini 10-20% ga kamaytirish imkonini yaratdi. Bu  esa o‘z navbatida texnika sotuv hajmini to‘rt baravardan ziyodga oshirdi.

Yangiliklar lentasi
0