Kerri va O‘rta Osiyo mamlakatlari "S5+1" hamkorligini ma’qullashdi

Obuna bo‘lish
Samarqandda O‘rta Osiyoning besh mamlakati TIVning Jon Kerri bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

TOShKENT, 1 noya — Sputnik.  Samarqanddagi "Forumlar majmuasi"da O‘rta Osiyoning besh mamlakati Tashqi ishlar vazirlarining AQSh Davlat kotibi Jon Kerri bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi, O‘zbekiston TIV xabari asosida.

Uchrashuvni O‘zbekiston TIV Abdulaziz Kamilov ochdi. Uchrashuvda AQSh davlat kotibi Jon Kerri, Qozog‘iston TIV Erlan Idrisov, Qirg‘iziston TIV  Erlan Abdildayev,  Tojikistan TIV — Sirodjiddin Aslov va Turkmaniston TIV — Rashid Meredovlar qatnashdi.

Vazirlar O‘rta Osiyo plyus AQSh ko‘rinishidagi xalqaro hamkorlikning istiqbollari va siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy – gumanitar sohalarda aloqalar haqida kelishib olishdi. Regional xavfsizlik va Afg‘onistondagi vaziyat ham e’tibordan chetda qolmadi.

Uchrashuv natijasida AQSh va besh O‘rta Osiyo mamlakati birlashgan sheriklik va hamkorlik deklaratsiyasi tuzishdi. Tomonlar  umumiy muammolarni hal qilish uchun ushbu olti mamlakat vakillari  "S5+1" formatida doimiy ravishda uchrashib turishini ma’qullashdi.

Yangiliklar lentasi
0