Hodisalar

Ramzan Qodirov suiqasd uyushtirmoqchi boʻlgan yosh terrorchilarni kechirdi

© Sputnik / Said Tsarnayev / Fotobankka oʻtishChecheniston Respublikasi rahbari Ramzan Qodirov
Checheniston Respublikasi rahbari Ramzan Qodirov - Sputnik Oʻzbekiston
Ramzan Qodirov yosh yigitlarga oʻz xatolarini toʻgʻrilashga imkon berdi, chunki ular jinoyat sodir qilishga hali ulugmagan va oʻz qabih muddaolaridan tavba qilgandilar.

TOSHKENT, 3 noya — Sputnik. Checheniston respublikasi rahbari Ramzan Qodirov Argun shahri vakillari bilan uchrashdi.

Qodirov vahobiylik mafkurasi taʼsiriga tushib qolgan yosh yigitlar va ularning qarindoshlari bilan gaplashdi. Yosh vahobiylar jinoyat sodir qilishga ulugmaganligi va oʻz qilmishlaridan chin dildan tavba qilganligi munosobati bilan, ularga xatolarinini toʻgʻrilashga imkon berdi. Ularning ota-onalari boʻlsa, “oʻz farzandlarini qattiqqoʻl  nazorat ostiga olishga” vaʼda berdilar.

“Har kuni yoshlar bilan norasmiy vaziyatda uchrashaman. Yakshanba kuni besh soatdan ortiq Argun shahri aholisi bilan suhbatlashdim. Maʼlum boʻlishicha, yigirmaga yaqin kishi vahobiylik mafkurasi taʼsiriga tushib qolgan. Ularning boshini bir savodsiz imom aylantirgan. Ular hatto Abu Bark al-Bogʻdodiy va uning homiylari haqida hech qanday maʼumotga ega emas ekanlar”, — deb qayd qildi Qodirov Instagram da.   

Ularga “Checheniston Respublikasi rahbari – vahobizmning eng katta dushmani deb, menga nisbatan nafrat tuygʻusi uygʻotilgan”, — deydi Qodirov.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala