Dunyoda

Moskvada Yevropa va Osiyo jurnalistlarining forumi boʻlib oʻtadi

© Sputnik / Anton Denisov / Fotobankka oʻtish(FEAM) Yevropa va Osiyo mamlakatlari media forumi
(FEAM) Yevropa va Osiyo mamlakatlari media forumi - Sputnik Oʻzbekiston
10 noyabrda boʻlib oʻtadigan Forumda sobiq ittifoq mamlakatlarining eng yirik OAV vakillari qatnashadi.

TOSHKENT, 3 noya — Sputnik. Yevropa va Osiyo media forumi (FEAM) “Notinch dunyoda barqaror hamkorlik” mavzusida boʻlib oʻtadi, tadbir tashkilotchisi MIA “Rossiya segodnya” xabariga asosan.  

Yevropa va Osiyo media forumi – bu sobiq ittifoq hududida eng yirik media ekspertlar yigʻiladigan yagona tadbir boʻlib, unda MDH, Baltiya va Gruziyadan vakillari qatnashadi. Ekspertlar media sanoatda yuz berayotgan oʻzgarishlar va soha rivojlanish yoʻnalishlarini muhokama qiladilar. Forum 2006 yildan beri oʻtkazilmoqda.

“FEAM-2015ning kun tartibida — dunyoda turli siyosiy va iqtisodiy jarayonlar roʻy berayotgan paytda, sobiq ittifoq respublikalari OAVlarining oʻzaro hamkorlik masalalari asosiy oʻrin egallagan. Forumda hukumat va axborot vositalarining oʻzaro muloqoti va yevroosiyo integratsiyasi doirasida axborot hamkorligi strategiyasi ishlab chiqish masalalariga alohida eʼtibor beriladi. Zamonaviy axborot urushlari va ularning oqibatlari, hamda axborot kanallari orqali tarqatilayotgan tahdidlarga qarshi kurash masalalari, ushbu tadbirga alohida dolzarblik kiritadi”, — deyilgan press-relizda.

Forumda sobiq ittifoqning 14 mamlakatidan (Ozarbayjon, Armaniston, Belorussiya, Gruziya, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Latviya, Litva, Moldova, Rossiya, Tojikiston, Oʻzbekiston, Ukraina,  Estoniya) bosh redaktorlar, nufuzli OAVlar top-menedjerlari, teleradiokompaniyalar, internet-portallar rahbarlari va taniqli jurnalistlar kelishi kutilmoqda.

FEAM yalpi majlis bilan boshlanadi. Forumda uch xil mavzuda diskussiyalar rejalashtirilgan: “Yevroosiyo axborot maydoni: chaqiriq va xavflar”, “Mediasanoat: muxlislarni va obroʻni saqlab qolish”, “Notinch dunyoda barqaror hamkorlik”.    

Tadbirda qatnashishni istagan OAV vakillarini akkreditatsiya qilish MMPTS MIA "Rossiya segodnya"ning rasmiy saytida ochilgan.

 

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala