Siyosat

Jon Kerri: BMT Samarqandda tashkil qilingan

Jon Kerri Ostonada talabalarga qadimiy Samarqand haqida hikoya aytib berdi.

 

TOSHKENT, 5 noya — Sputnik. Dunyoda koʻpchilik BMT 70 yil avval Nyu-Yorkda tashkil qilingan deb oʻylaydi, lekin Jon Kerri, bunday tashkilot Samarqandda, Amir Temur davrida ham bor boʻlganligiga ishonchi komil, deyilgan AQSH Davlat departamenti rasmiy sayti xabarida.

AQSH Davlat departamenti rahbari Ostonda  Qozogʻistonlik talabalar bilan uchrashuvda oʻz taassurotlari bilan oʻrtoqlashdi.

“Samarqandda, qadim zamonda yuk ortilgan karvonlar oʻtgan togʻlar va choʻllarni  men oʻz koʻzim bilan koʻrdim”, — dedi u va Samarqand haqida oʻziga yoqib qolgan hikoyani aytib berdi.

XV asr boshida Kastiliya qiroli Enrike III oʻz elchisi Gonsales de Klavixoni Amir Temur huzuriga yuboradi. Elchi uzoq yoʻllar bosib, Konstantinopol, shimoliy Eron va boshqa koʻp joylardan oʻtib Samarqandga yetib keladi. Samarqandda uni buyuk Amir oʻz huzurida qabul qiladi. Elchi bu shahardan hayratga qolib oʻz koʻrganlarini yozib qoldirgan.  

“Samarqand — bu turli xalqlar va madaniyatlar, savdo-sotiq kesishgan joy. Bu shaharda kamyob ipak, oltin, moviyrang shisha va chinni topish mumkin. Bu joyda turklar, arablar, musulmonlar, yahudiylar, greklar, armanilar, xristianlar, katoliklar, nestorian va yafetidlar yashaydi”, — deb qadimiy sayohatchi hikoyasidan parcha keldirdi Kerri. Uning fikricha, balkim, BMT bir nech yuz yillar avval Samarqandda tashkil qilingandir.

 

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala