Madaniyat

Toshkentda Rossiyaning Xalq birligi kuniga bagʻishlangan kontsert boʻlib oʻtdi

Bayram kontsertida ijodiy jamoalar oʻzbek va rus tillarida qoʻshiqlar ijro etishdi. Kontsertni Rossiya elchisi Vladimir Tyurdenev ham tomosha qildi.

TOSHKENT, 5 noya — Sputnik. “Doʻstlik va birlik navolari” nomli ashula va raqslardan tashkil topgan kontsert chorshanba kuni Turkiston Sanʼat saroyida boʻlib oʻtdi. Ushbu kontsert Rossiyaning  Xalqlar birligi kuniga bagʻishlangan.

Kontsertga diplomatik korpus vakillari, ilmiy va madaniy arboblar, ijodkorlar, rossiyalik mehmonlar, talaba va oʻquvchilar kelishdi.

“Rossiya va Oʻzbekiston xalqlarini boy umumiy tarix birlashtirib turadi. Oʻtgan yili biz strategik hamkorlik haqidagi shartnoma tuzilganligining oʻn yilligini nishonladik. Yaqin bir necha kun ichida esa Rossiya va Oʻzbekiston ittifoqchilik munosobatlariga 10 yil toʻladi”, — dedi Rossiyaning Oʻzbekistondagi elchisi Vladimir Tyurdenev kontsert boshlanishidan oldin. Uning fikriga koʻra, bunday yaqin munosobatlar “Bizlarni bugun ham birlashtiradi”.

Kontsertni Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist Marat Hakimov, Rossiya va Oʻzbekiston bastakorlarining vatanparvarlik mazuidagi qoʻshiqlari bilan ochdi. Tomoshabinlar Oʻzbekiston xalq artisti Nurmoʻmin Sultonovning "Ne poy, krasavitsa, pri mne" qoʻshigʻini olqishlar bilan kutib olishdi. A.S. Pushkinning ushbu sheʼri oʻzbek tiliga tarjima qilingan va unga qoʻshiq basta qilingan. Zal xalq artisti Mansur Toshmatovni ham olqishlar bilan kutib oldi. Toshmatov bastakor David Tuxmanovning taniqli shlyagerlarini ijro etdi. Kontsertda Oʻzbekistonda va sobiq ittifoqda taniqli “Yalla” guruhi ham ishtirok etdi. Kontsertning raqs dasturi Oʻzbekiston va Rossiya xalqlarining raqslaridan tashkil topgan.   

Xalq birligi kuni Rossiyada 2005 yildan boshlab nishonlanadi. Ushbu bayram 1612 yil hodisalari xotirasi bilan bogʻliq. Ushanda Kuzma Minin va Dmitriy Pojarskiy boshchiligidagi xalq koʻngilli qoʻshinlari Moskvani polshalik bosqinchilaridan ozod qilishgandi. XVII asr Rossiya tarixida ushbu kun “Fitna vaqti” tugagani bildiradi. 

 

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala