“Angren – Pop” temir yo‘li 2016-yilning mart oyida ochiladi

Obuna bo‘lish
Uzunligi 123 km bo‘lgan ushbu yo‘l “O‘rta Osiyo – Xitoy xalqaro temir yo‘l koridorining bir qismiga aylanadi. Ishga tushganidan keyin bir yil davomida ushbu yo‘ldan 600 ming yo‘lovchi va 4,6 million tonna yuk tashish ko‘zda tutilgan.

TOShKENT, 9 noya — Sputnik. O‘zbekiston 2016-yil martigacha “Angren – Pop” yangi, elektrlashtirilgan temir yo‘lni ishga tushirishga qaror qilgan, “O‘zbekiston Temir yo‘llari” vakili xabariga ko‘ra.

Uning so‘zlariga qaraganda, ishga tushirishning aniq sanasi hali ma’lum emas, lekin temiryo‘lchilar ushbu yo‘lni, O‘zbekistonning asosiy bayramlaridan biri bo‘lgan – Navro‘z arafasida ishga tushirishni rejalashtirishgan.

“Mart oxirida biz ushbu yo‘nalishda poyezdlar ishchi harakatni boshlaymiz. Boshida undan faqat yuk poyezdlari yuradi, 2016-yilning sentabrida esa, yo‘lovchilar tashish boshlanadi”, — deydi suhbatdosh.

Yangi yo‘l qurilishi 2013-yilning o‘rtasida bshlangan bo‘lib, uning uzunligi 123,1 kmni tashkil qiladi. Uning ajralib turadigan tomoni shundaki, yangi termir yo‘l balandligi 2200 metr bo‘lgan “Qamchiq” dovoni orqali o‘tgan. Dovondan o‘tish uchun xitoyning  China Railway Tunnel Group kompaniyasi bilan hamkorlikda uzunligi  19km bo‘lgan tunnel qurilib bitkazilmoqda. Ushbu tunnelning narxi 455 mln dollarni tashkil qildi. Tunneldan tashqari bu yerda 285 yordamchi obyekt, 22 ko‘prik, 6 temir yo‘l bekati  va ikki vokzal qurilgan.

Suhbatdoshning aytishiga qaraganda, yangi yo‘nalishning ochilishi Xitoy – O‘rta Osiyo — Yevropa xalqaro temiryo‘l tranzit koridori tashkil qilinishini bildiradi.

Ekspertlar xabariga qaraganda temir yo‘l ishga tushganidan keyin birinchi yil mobaynida 600 ming yo‘lovchi va 4,5 mln tonna yuk tashish ko‘zda tutilgan.

Loyhaning umumiy qiymati 1,6 mlrd dollarni tashkil qildi, ulardan 1,08 milliardi “O‘zbekiston temir yo‘llari” sarmoyasi, O‘zbekiston rekonstruksiya va taraqqiyot fondi va davlat budjeti hisobida. Eksimbank 350 mln dollarni va Jahon banki 195 millionini kredit sifatida ajratdi.

 

Yangiliklar lentasi
0