O‘zbekiston uch yoqlama profitsit evaziga oltin zahiralari hajmini oshirdi

© Sputnik / Vitaliy Bezrukix / Mediabankka o‘tishOltin zahiralari
Oltin zahiralari - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Hozir oltin zahiralari hajmi respublikaning 24 oylik import qiymatini qoplashi mumkin.

TOShKENT, 9 noya — Sputnik. Oxirgi 10-yil ichida O‘zbekiston o‘zining oltin zahiralari hajmini oshirda va yalpi tashqi qarzi qiymatini kamaytirdi, deydi respublika moliya vazirligi vakili.

Suhbatdoshning so‘zlariga qaraganda, hozirgi paytda, oltin zahiralari hajmi 24 oylik import qiymatiga teng, tashqi qarz bo‘lsa YaIMning 16%ni tashkil qilmoqda. Undan 8% davlat qarzini tashkil qilib unga xizmat ko‘rsatish uchun budjet xarajatlarining 1 foizdan kam qismi ishlatilmoqda.

Bunday ko‘rsatkichlar, respublikaning ehtiyotkorona va chuqur uylangan tashqi qarz olish siyosati evaziga erishilgan. Ushbu siyosat 3 tamoildan tashkil topgan.

“Birinchidan, O‘zbekiston iste’mol kreditlari olmaydi, ya’ni yeyish uchun pul qarz olmaydi. Ikkinchidan, agar to‘liq va o‘z vaqtida qaytarib berishga ishonch bo‘lmasa — qarz olinmaydi. Uchinchidan, kreditlar faqat asosiy, sanoat va ijtimoiy infraqurilmalarni rivojlantirish va iqtisoddagi strategik masalarlarni hal qilish uchun sarmoya sifatida jalb qilinadi”, — dedi Moliya vazirligi mutaxassisi.  

O‘zbekiston siyosatining yana bir mohiyati shundaki, ta’lim va sog‘liqni saqlash sohasidan tashqari, davlat tomonidan jalb qilingan kreditlarning barchasi o‘zini qoplash uchun kerak bo‘ladigan pul mablag‘larini o‘zi yaratadi.

Undan tashqari, ko‘p yillar davomida O‘zbekiston budjeti uch yoqlama profitsit bilan yopilmoqda. Avvalombor bu davlat budjeti profitsiti, joriy hisob profitsiti va to‘lov balansi profitsiti. To‘lov balansi profitsiti, O‘zbekiston rekonstruksiya va taraqqiyoti fondiga aylantirilgan edi.

2014 yildan beri respublikaning ichki qarzi nolga teng, kapital va aktivlari har yili 30%ga o‘smoqda. Respublika banklari kredit portfelida moliya hajmi 70% ni tashkil qilmoqda.

 

Yangiliklar lentasi
0