Rossiya Mudofaa vazirligi: Suriyadagi terrorchilar jangovor taktikasini o‘zgartirdi

© Sputnik / Mixail Voskresenskiy / Mediabankka o‘tishSuriyadagi vaziyat
Suriyadagi vaziyat - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bugungi kunda terrorchiar harakatdagi mudofaa taktikasidan foydalanmoqda. Rossiya aviatsiyasi va hukumat qo‘shinlari zarbalaridan qochib, doimiy harakatda bo‘lishmoqda.

TOShKENT, 9 noya — Sputnik. Suriyadagi terrorchilar o‘z taktikasini o‘zgartirib, harakatdagi mudofaa jang uslubiga o‘tgan. Ular oldingiday “xoxlagan vaqtlarida xozlagan ishlarni qilish” o‘rniga faqat tunda qochib-pisib maskirovka qilgan holda o‘z joylarini o‘zgartirmoqdalar, deydi Mudofaa vaziri vakili general-mayor Igor Konashenkov.

 

“Biz, butun Suriya hududi bo‘ylab, terrorchilar hatti-harakatida sezilarli o‘zgarishlar ko‘rayapmiz. Qurollangan to‘dalar bir oy avvalgidek “surbetlarcha” harakat qilmayaptilar”, — deydi Konashenkov.

Uning so‘zlariga qaraganda, bugungi kunda terrorchilar, o‘z joylarini doimiy ravishda o‘zgartirib, manyovrli himoya usulida jang qilmoqda. Ular Rossiya aviatsiyasi va Suriya armiyasidan doimo qochib-pisib yurmoqdalar.

“Qurol-aslaha ta’minlash yo‘nalishlari doimiy o‘zgartirib borilmoqda. Bu narsa faqat tunda, maskirovka qilingan holda amalaga oshirilmoqda”, — dedi general.

Harbiy ish teoriyasiga ko‘ra, manyovrli (harakatdagi) mudofaa, mudofaa chizig‘idan ichkarida joylashgan, oldindan belgilangan pozitsiyalarga birin ketin o‘tib ularni himoya qilish va qulay bo‘lganda qarshi hujumga o‘tish taktikasida foydalanshmoqda. Uning belgilaridan biri faol harakatda bo‘lish va raqibga to‘xtovsiz zarba berib borish. Undan tashqari turli xil to‘siqlar qo‘yish va mayorvlar ishlatish.

 

Yangiliklar lentasi
0