Iqtisod

Turkiya kompaniyasi Oʻzbekistonda qiymati 225 mln $ boʻlgan tsement zavodi quradi

© Sputnik / Igor Zarembo / Fotobankka oʻtishBeton ishlab chiqarish ishlari
Beton ishlab chiqarish ishlari - Sputnik Oʻzbekiston
Yangi korxona yiliga 1,5 mln tonna portlandtsement ishlab chiqaradi. Bu ushbu sohadagi Turkiyaning birinchi yirik loyhasi emas.

TOSHKENT, 10 noya — Sputnik. Turkiyalik Dal Engineering Group korxonasi Surxondaryo viloyatining Sherobod tumanida yangi tsement zavodi quradi, korxona vakilining xabariga koʻra.

Uning soʻzlariga qaraganda, oʻtgan juma kuni, Toshkentda boʻlib oʻtgan Xalqaro investitsiya forumida Dal Engineering Group va Olmaliq togʻ-metallurgiya kombinati tsement zavodi qurish haqida memorandum imzoladilar.

Yangi zavodning taxminiy narxi 225 mln dollarni tashkil qiladi. Ushbu mablagʻning 90 mln ni Oʻzbekiston rekonstruktsiya va taraqqiyot fondi ajratadi, 24,4 mln ni Olmaliq togʻ-metallurgiya kombinati va yana 110 mln mablagʻni mamlakatdagi tijorat banklaridan kredit sifatida jalb qilish rejalashtirilgan.  

2018 yilda ishga tushirilganidan keyin, zavod yiliga 1,5 mln tonnagacha portlandtsement ishlab chiqarish quvvatiga ega boʻladi.

Bu tsement ishlab chiqarish boʻyicha Turkiyaning Oʻzbekistondagi birinchi yirik loyhasi emas. 2014 yilning mart oyida Dal teknik makina tigaret ve sanayi A.S kontsortsiumining aʼzolaridan biri Jizzax viloyatining Zafarobod tumanida tsement zavodini ishga tushirdi. Loyhaning umumiy narxi 114 mln. dollardan oshdi.

Hozir ushbu zavodda kengaytirish ishlari olib borilmoqda. Tsemen ishlab chiqarish liniyasi yiliga 760 ming tonnadan 1 mln tonnagacha yetkizish koʻzda tutilgan. Texnologik liniyani kengaytirish 2016 yil sentyabrida tugatilishi kerak. Kengaytirishn narxi 35,8 mln dollarni tashkil qildi.

Mahsulot narxini arzonlashtirish maqsadida Jizzax viloyatidagi "Timiryazevskoye II" ganch konini oʻzlashtirish koʻzda tutilgan. Hozirgi kunda zavodga ganch Buxorodan temir yoʻl orqali olib kelinadi. Konning aniqlangan zahirasi 1,1 mln tonnani tashkil qiladi.  

 

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala