Dunyoda

Zaxarova: ID - yovuzligi mutlaq cheklanmagan xavf

© Sputnik / Ramil Sitdikov / Fotobankka oʻtishYevropa va Osiyo media forumi FIAM 2015
Yevropa va Osiyo media forumi FIAM 2015 - Sputnik Oʻzbekiston
Rossiya TIV rasmiy vakili “Islom davlati terrorchilik” guruhini, dunyo oldin koʻrmagan, yangi turdagi xavf deb baholadi.

TOSHKENT, 10 noya — Sputnik. Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova IDni afsonaviy tashkilotga aylantirish haqidagi savolga javob berarkan, ID bu dunyo oldin koʻrmagan, tamoman boshqa xavf, dedi.

Yevropa va Osiyo mamlakatlari media vakillarining Sakkizinchi forumida soʻzga chiqarkan, Mariya Zaxarova “Islom davlati” butunlay boshqa terrorchi tashkilotligiga va u tezlik bilan tarqalib butun dunyoga xavf solayotganiga alohida etibor berdi.

“Agar IDni oldin paydo boʻlgan terrorchi tashkilotlar bilan solishtirsak, u butunlay boshqacha, murakkab tuzilishga ega. Ular yovuzlikda chegara bilmaydilar, madaniyatli dunyoda qabul qilingan qadriyatlarni tan olmaydilar va, shu bilan bir vaqtda, xalifalik qurish uchun kurashmoqda. Ular dunyoning bir chekkasida yashaydigan, qandaydir yovvoyi qabilalar emas, zamonaviy qurol-aslaha bilan jihozlangan, amaliy kuch va ularning taʼsiri butun dunyoga tarqalmoqda”, — deydi Zaxarova.  

IDga qarshi kurashda, dunyo hamjamiyatining asosiy muammolaridan biri, bu — kimni terrorchi deb tan olish kimni esa tan olmaslik tushunchasi yoʻqligi. Bunday muammo barcha mamlakatlarda, hatto IDga qarshi kurashayotgan koalitsiya mamlakatlarida ham bor.

30 sentyabrda boshlab Rossiya, Suriya, Iroq va Eron ID terrorchi guruhiga qarshi kurash olib bormoqda. Oʻtgan vaqt davomida Rossiya havo-kosmik kuchlari yuzlab jangovor parvozlar amalga oshirdi va ID pozitsiyalariga va zarba berdi. Suriya qoʻshinlari quruqlikda hujum olib bormoqda.  

 

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala