Tailanda dunyoning eng bo‘yi uzun odami vafot etdi

© Sputnik / Vitaliy Ankov / Mediabankka o‘tishBagkok ko‘rinishi
Bagkok ko‘rinishi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Pornchay Saosri, o‘zining uzun bo‘yi tufayli juda ko‘p kasalliklarga chalingan, ular qatorida surunkali yuqori bosim ham bor.

TOShKENT, 10 noya — Sputnik. Dunyoda eng uzun bo‘yli odam hisoblangan (norasmiy ravishda) Tailandning Surin viloyatilik Pornchay Saosri 26 yoshida vafot etdi, RIA Novosti BangkokPost xabari asosida.   

Saosrining bo‘yi 2 metr 69 santimetrni tashkil qilardi, lekin rekord sifatida rasmiy ravishda qayd qilinmagan.

Oxirgi yil davomida u 72 kilogrammga ozdi va yana 12 smga o‘sdi, lekin u joyidan qo‘zg‘ay olmasdi. Aytishlariga qaraganda u o‘zining uzun bo‘yi tufayli juda ko‘p kasalliklarga chalingan, shu jumladan surunkali yuqori bosim kasalligiga ham. Uning kasalligi haqida OAVda xabarlar tarqalgach, mahalliy aholi Saosrining onasi nomiga yordam puli yubora boshladi. Kasalxonadan chiqqanidan bir necha kun keyin Saosri vafot etdi.

Saosrining onasi aytishiga qaraganda, xayriya pullari nafaqat kasalxona xarajatlarini balki ular yashab turgan uyni ham garovdan qaytarib olishga yetgan. Oldinroq ular kasalxona ga pul to‘lash uchun o‘z uylarini garovga qo‘ygan edilar. Mablag‘ning qolgan qismi dafn marosimi uchun ishlatiladi, dedi Saosrining onasi.

Hozirgi paytda Ginnesning rekordlar kitobida dunyoning eng bo‘i uzun kishisi sifatida Turkiyalik Sulton Kesen qayd qilingan. Uning bo‘yi 251 santimetrni tashkil qiladi.

 

Yangiliklar lentasi
0