Xayr-saxovat reytingida O‘zbekiston MDH davlatlari orasida ikkinchi o‘rinda

© Sputnik / Vitaliy Ankov / Mediabankka o‘tishVladivostokda toggi tuman va havo sharlari
Vladivostokda toggi tuman va havo sharlari - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
145 mamlakat orasida O‘zbekiston 27 o‘rinda, Qirg‘iziston 18 o‘rinda.

TOShKENT, 12 noya — Sputnik. Britaniyaning Charities Aid fondi seshanba kuni mamlakatlar orasida xayr-ehson reytingini e’lon qildi. Ular dunyo mamlakatlari orasida aholisi eng ko‘p xayr ehson qiladigan – ya’ni o‘z mablag‘ini, vaqtini yaqin kishilariga, kasallarga yordam berish uchun ayamaydigan mamlakatlar o‘rganib chiqildi.

145 mamlakat orasida o‘tkazilgan ushbu tadqiq natijasiga ko‘ra, birinchi o‘rinda – Birma (Myanma), ikkinchi o‘rinda – AQSh, uchinchi o‘rinda – Yangi Zelandiya. O‘zbekiston ushbu ro‘yxatda 27 o‘rinda, Qirg‘iston – 18 o‘rinda, Qozog‘iston – 56 o‘rin, Turkmaniston – 71 o‘rin, Tojikiston – 73, Ukraina – 89, Estoniya – 99, Belarus – 103, Latviya – 110, Gruziya – 112, Moldova – 120, Ozarbayjon – 122, Rossiya – 129, Armaniston – 138, Litva – 142 o‘rinlarni egallagan.

Yangiliklar lentasi
0