Yangi Bojxona kodeksi iqtisod rivojlanishining muhim tamoyili

© Sputnik / Igor Zarembo / Mediabankka o‘tishBojxona tekshiruv punktidagi yuk mashinalari
Bojxona tekshiruv punktidagi yuk mashinalari - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi yangi Bojxona kodeksini tasdiqladi.

TOShKENT, 12 noya — Sputnik. Kecha yangi, takomillashtirilgan Bojxona kodeksi O‘zbekiston Oliy Majlisi tomonidan ikkinchi o‘qishda tasdiqlandi, parlament matbuot xizmati xabari asosida.

Yangi Bojxona kodeksiga, xususan, «Ichki iste’mol bozori uchun qayta ishlash» termini kiritildi. Buning mazmuni shundan iboratki, qayta ishlash uchun olib kirilgan xom ashyolarga bojxona to‘lovlarini to‘lashda yengillik kiritildi. Bu esa tadbirkorlarni tayyor mahsulot o‘rniga xomashyo olib kelib O‘zbekistonda ishlab chiqarishni rivojlantirishga imkon beradi.

“Ushbu rejim tashqi iqtisodiy aloqa subyektlariga ishlab chiqarish uchun kerak bo‘ladigan xom ashyoni imtiyozli shartlarda olib kelish huquqini beradi”, — deyilgan xabarda.  

Yangi Bojxona kodeksiga kiritilgan o‘zgarishlardan yana biri, bu olib kiritilayotgan yuklar va avtomobillar haqida to‘liq ma’lumotni bojxona tekshiruv punktiga oldindan internet orqali yuborish imkoniyati. Bundan maqsad, bojxonada rasmiylashtirish uchun kerak bo‘ladigan  vaqtni qisqartirish.

Bojxonadan o‘tayotgan yuklar haqida to‘liq va aniq ma’lumot oldindan yuborilgan bo‘lsa, yuklarni rasmiylashtirish uchun 1 soat vaqt kerak bo‘ladi. Hozir, yuk tashuvchi ushbu ma’lumotlarni faqat chegarada taqdim etishi kerak va bojxona ko‘rigidan o‘tish 10 soatdan ko‘p vaqt olishi mumkin.

Eski Bojxona kodeksi 1997-yilda qabul qilingan bo‘lib u hozirgi kun talablariga javob bermas edi.

Yangiliklar lentasi
0