Moskvada “yashirin” patrul paydo bo‘ladi

© Sputnik / Valeriy Melnikov / Mediabankka o‘tishOMON va davlat avtoinspeksiyasining qo‘shma patruli
OMON va davlat avtoinspeksiyasining qo‘shma patruli - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Moskvada tanituvchi belgilari bo‘lmagan IIB paturllari paydo bo‘ladi. Patrul xodimlari politsiya kiyimida, lekin ularning avtomobili tanituvchi belgilarsiz bo‘ladi.

TOShKENT, 12 noya — Sputnik. Moskvada IIB xodimlari ko‘chalarni tanituvchi belgilari bo‘lmagan avtomobillarda qo‘riqlaydi, Moskva shahar IIB Boshqarmasi vakili Andrey Galiakberovning so‘zlariga binoan.

Moskva shahar IIB Boshqarmasi rahbari Anatoliy Yakuninning bo‘yrug‘iga binoan ushbu uslubda qo‘riqlash payshanba kunidan boshlanadi.  

“Bunday qo‘riqlash jarayonida Davlat avtoinspeksiya xodimlari o‘z hududlarida tanituvchi belgilari bo‘lmagan avtomobillarda harakatlanishadi”, — deb ta’kidladi Galiakberov.

Politsiya xodimlari qoidabuzarliklar haqida ratsiya orqali Davlat avtoinspeksiyasi postlariga xabar berishadi.

 

Yangiliklar lentasi
0