Qoniqarli baho olgan budjet talabalari kontrakt tizimiga o‘tkazilishi mumkin

Obuna bo‘lish
O‘quv yili natijasida 55 - 70 ball to‘plagan budjet talabalari kontrakt tizimiga o‘tkazilishi mumkin.

TOShKENT, 12 noya — Sputnik. Davlat granti asosida ta’lim olayotgan talabaning baholari past bo‘lsa, u kontrakt-to‘lov tizimiga o‘tkaziladi. Ushbu qoida 2016-yilga qabul qilingan budjet yo‘riqnomasida ta’kidlab o‘tilgan.  

O‘quv yili natijalariga ko‘ra, talabaning baholari “qoniqarli” darajada bo‘lsa, ya’ni 100 ballik tizim bo‘yicha 55 dan 70 ballgacha bo‘lsa, ushbu talaba kelasi o‘quv yilida mazkur OTMning to‘lov kontrakt tizimiga o‘tkaziladi.

Akademik qarzdorlik yoki ichki qonun-qoidalarni buzganligi uchun talabalar safidan chiqarilganda, talaba uning o‘qishi uchun sarflangan davlat mablag‘ini qaytarishga majbur bo‘ladi.

Ushbu choralar davlat budjetidan oqilona foydalanish va talabalarning yaxshi bilim olishiga qo‘shimcha turtki sifatida amalga oshirilmoqda. Qonun 2016 o‘quv yildan boshlab amalga kiradi. Talaba va OTM orasida tuziladigan shartnomada ushbu holatlatlar aniq belgilangan bo‘ladi.

Hozirgi kunda O‘zbekistonda bilim olayotgan talabalarning 30% davlat granti asosida o‘qiydi.

 

Yangiliklar lentasi
0