O‘zbekiston – Shimoliy Koreya 3:1. G‘alaba siri

© Sputnik / Papikyan / Mediabankka o‘tishToshkentdagi "Paxtakor" stadioni
Toshkentdagi Paxtakor stadioni - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
“Paxtakor” stadionida O‘zbekiston va Shimoliy Koreya terma jamoalari orasida JCh-2018ning hal qiluvchi o‘yini bo‘lib o‘tdi.

TOShKENT, 12 noya — Sputnik. Toshkentning markaziy “Paxtakor” stadionida O‘zbekiston va Shimoliy Koreya terma jamoalari orasida hal qiluvchi o‘yin bo‘lib o‘tdi. Ushbu o‘yinda g‘olib chiqqan jamoa JCh-2018ga yo‘l olishiga katta imkoniyat tug‘iladi.

Toshkentda ob-havoning avzoyi ertalabdan buzuq. Ertalab kuchli shamol hatto bir necha daraxtlarni ag‘darib tashlagan. Futbol boshlanmoqda, yomg‘ir esa tinimsiz yog‘moqda. Ikkala jamoa ham maydonga 11 kishilik tarkibda chiqdi. Madhiyalar yangradi.

O‘zbekiston jamoasi dastlabki daqiqalardan vaziyatni o‘z qo‘llariga olishga harakat qildi, lekin bu amalga oshmadi. Uchinchi daqiqada Koreya jamoasi kutilmaganda gol urdi. Uning muallifi Ri Xong Chol.

Goldan keyin O‘zbekiston jamoasi darhol hujumga o‘tishdi, lekin samarasiz. Endi Shimoliy koreya o‘yinchilari shoshilmasdan o‘ynamoqda. Ularga bunday hisob ma’qul.

16 daqiqada Jeparov Koreyaliklar jarima maydonchasiga yaxshigina uzatma berdi, lekin hech kim undan foydalana olmadi. O‘zbekiston futbolchilari birin-ketin gol urish uchun imkoniyatlar yaratishdi.

Va nihoyat  23 daqiqada chap qanotdan jarima maydonchasiga kiritilgan to‘pni Igor Sergeyev boshi bilan darvozaga aniq yo‘lladi. Ajoyib gol, hisob 1:1.

Koreyslar faolligi oshdi, lekin O‘zbekistonliklar ham g‘alaba sari peshqadamlik bilan intilmoqda. Kombinatsiyalar birin-ketin amalga oshirilmoqda. Birinchi bo‘lim durang hisob bilan tugadi.

Ikkinchi bo‘limda ham O‘zbekiston jamoasi faolligi susaymadi, raqib darvozasiga bir necha zarbalar bo‘ldi.

Sardor Rashidov 66 daqiqada chap qanotdan to‘pni Aleksandr Geynrixga tashlab berdi. Geynrix bo‘lsa, to‘pni darvozabon oyog‘i ostidan o‘tkazib to‘g‘ri darvozaga yo‘lladi. Gool! O‘zbekiston oldinda 2:1.

Shundan keyin o‘yin ancha jiddiy tus oldi. Koreya jamoasi O‘zbekistonlik yetuk futbolchilarini “ishdan chiqarishga” qaratilgan shafqatsiz usullar qo‘llay boshladi. Sasha Geynrix va Odil Ahmedovga nisbatan bir necha bor qo‘pollik ishlatildi.  Birinchi bo‘limda gol urgan Igor Sergeyevga ham qattiq jarohat yetkizilgan edi.   

Bunga javoban 87 daqiqada murakkab lekin judan aniq kombinatsiya natijasida O‘zbekiston futboli yulduzi Odil Ahmedov himoyachini aldab o‘tib uchinchi golni urdi. Yashavor Ahmedov, endi g‘alaba ancha yaqinlashdi.

O‘yin 3:1 hisobi bilan tugadi. Barcha O‘zbekistonliklarni g‘alaba bilan tabriklaymiz.

O‘yin so‘ngida Sputnik muxbiri matbuot anjumanida bo‘lib jamoaning muvffaqiyatli chiqishi sirlarini bilib oldi.

"Biz raqibni yaxshilab o‘rgandik, ularning o‘quv mashg‘ulot jarayonini ham. Biz hamma narsaga tayor edik. Ularning futboli juda oddiy tashkil qilingan — bu to‘pni to‘qqizinchi raqamga uzatish. Mana shu ularning yagona "kuchi". Bizning "yashirin qurol" esa — bu o‘zimizning uslubga xos o‘yin yaratish va har bir futbolchi bor kuchi bilan o‘ynash", — dedi Samvel Babayan match so‘ngida bo‘lgan matbuot anjumanida. 

O‘zbekiston terma jamoasining JCh-2018 saralovchi o‘yinlari doirasida keyingi o‘yini 17-noyabr kuni bo‘lib o‘tadi. Hozircha guruhda yetakchilik qilayotgan Shimoliy Koreya esa Bahrayn bilan o‘ynaydi.

Yangiliklar lentasi
0