Hodisalar

Parijda sodir boʻlgan teraktda kamida 153 kishi qurbon boʻldi

© Sputnik / Pavel Pasechnik / Fotobankka oʻtishParij, Frantsiya
Parij, Frantsiya - Sputnik Oʻzbekiston
Frantsiya poytaxtining bir necha joyida sodir boʻlgan otishma va portlashlar oqibatida kamida 153 kishi halok boʻldi.

TOSHKENT, 14 noya — Sputnik. Parijda sodir boʻlgan terakt qurboglari soni oshdi. Oldinroq biz qurbonlar soni 30 kishi, keyinroq 60 kishi deb xabar bergan edik. Oxirgi olingan maʼlumotlarga qaraganda, Frantsiya poytaxtining bir necha joyida sodir boʻlgan otishma va portlashlar oqibatida 153 kishi halok boʻldi, deb xabar bermoqda RIA Novosti.

Parij restoranlaridan birida notanish kishilar avtomatdan otishma uyushtirishi oqibatida oʻnga yaqin kishi qurbon boʻldi.

Yana politsiya Parijning "Bataklan" teatrida ham 100 ga yaqin kishini garovga olinganligini xabar bermoqda. Undan tashqari Parij shahar chetida joylashgan Stade de France stadioni yaqinida ham portlashlar yuz berdi. Aytishlariga qaraganda u yerda 2-3 ta qoʻl granatasi portlatilgan.

Shu paytda stadionda Frantsiya – Germaniya oʻrtasida oʻrtoqlik uchrashuvi boʻlib oʻtayotgan edi va ushbu uchrashuvni tomosha qilishga Frantsiya prezidenti Fransua Olland hamda ikki mamlakat tashqi ishlar vazirlari Loran Fabius va Frank-Valter Shtaynmayer ham kelgan edi.

Portlash sodir boʻlganidan keyin xavfsizlik xizmati rasmiylarni tezkor ravishda stadiondan evakuatsiya qildi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala