Putin G20 yakunida: terrorchilikni faqat birgalashib yengish mumkin

© Press-slujba Prezidenta RF / Mediabankka o‘tishG20 sammiti qatnashchilari
G20 sammiti qatnashchilari - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya g‘arblik hamkorlari bilan doimo suhbatga tayor ekanligini ta’kidladi. Agar ularning fikriga ko‘ra munosobatlarni o‘zgartirish vaqti kelgan bo‘lsa - Rossiya bunga tayor.

 

TOShKENT, 17 okt — Sputnik. Vladimir Putin terrorchilikka qarshi kurash borasidagi Rossiya siyosatining asosiy jihatlarini, G20 yakunida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida jurnalistlarga aytib berdi.  

 “Biz g‘arbda ham sharqda ham hech qachon do‘stona monosobatlardan voz kechmaganmiz. Ba’zi, bir taraflama cheklash choralari biz tomondan emas, hamkorlarimiz tashabbusi bilan amalga oshirilgan edi. Agar hamkorlarimiz munosobatlarni o‘zgartirish vaqti keldi deyishsa, biz buni faqat olqishlaymiz. Biz hech qachon birga ishlashdan voz kechmaganmiz va eshigimizni yopmaganmiz”, — dedi Putin matbuot anjumanida.

Putinning fikriga ko‘ra, siyosat, iqtisod, xavfsizlik va boshqa juda ko‘p sohalarda munosobatlarni qayta yangilashda qiziqish bor. Nima bo‘lganda ham,  ekspertlar darajasida bu yaqqol sezilmoqda.  

Jurnalistlarning savoliga javob berarkan, Putin G20 davlatlari rahbarlari munosobatlarida Antaliyada ham, Brisbenda hech qanday muammo bo‘lgani yo‘q. Albatta biroz tanglik sezilib turadi.

Terrorchilikka qarshi yagona koalitsiya

Putinning so‘zlariga qaraganda, IDga qarshi kurashda birlashgan yagona koalitsiya tashkil qilish kerak. Hozirgi kunda Suriyadagi vaziyat barcha kuchlarni birlashtirishni talab qiladi.   

Rossiya prezidentining so‘zlariga qaraganda, terrorchilikka qarshi birlashgan koalitsiya tuzish zaruratini, barchaga — davlat rahbariyatlaridan va maxsus xizmatlargacha yetib bormoqda.   

Parij fojeasi ushbu zaruratni yanada yaqqol ko‘rsatdi. “Buning hech qanday qiyin joyi yo‘q, faqatgina maxsus xizmatlar orasida ma’lumot almashishni yo‘lga qo‘yish kerak. Terrorchilikni oldini olish bo‘yicha muyaan ishlarni amalga oshirish, butun dunyo miqyosida terrorchilikka qarshi kurashni yo‘lga qo‘yish kerak”, dedi prezident.                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                           

Oldinroq, Rossiya ushbu sohada hamkorlik taklif qilganda AQSh undan voz kechgan edi.

“Ular bizga yo‘llagan notasida “biz sizning taklifingizni rad etamiz” deb yozilgan edi. Lekin hayot tez o‘zgarib bormoqda va bizga o‘z darsini bermoqda. Mening fikrimcha hozir, terrorchilikka qarshi kurash samarali bo‘lishi uchun barcha birlashib harakat qilish kerakligiga tushunib yetmoqda. Biz ushbu hamkorlik siyosiy darajada va maxsus xizmatlar darajasida ham olib borilishi kerak, ular o‘zaro ma’lumot almashib, bir-birlarini xavflar haqida ogohlantirishi kerak”, — dedi Putin.  

Bundan tashqari Rossiyaga AQSh, “Islom davlati” terrorchilik tashkilotiga qarshi kurashda Saudiya Arabistoni va Eron yordami kerak. Faqat shundagina ushbu xavfni birto‘la yo‘q qilish mumkin. Prezidentnig so‘zlariga qaraganda ushbu masala bo‘yicha G20 rahbarlari juda uzoq va batafsil muzokaralar olib borishdi.

Undan tashqari Rossiya va Turkiya rahbarlari Suriyadagi siyosiy vaziyat borasida umumiy yechimga kelishi mumkin. Turkiya prezidenti Erdo‘g‘an bilan bu borada muzokaralar olib borildi.

Putinning so‘zlariga qaraganda Rossiya Havo-kosmik kuchlarining Suriyadagi jangovor operatsiyasini G20 sammitida hech kim tanqid qilmadi, umuman, bu borada Rossiyani tanqid qilish ham qiyin.

G‘arb mamlakatlari “Rossiya noto‘g‘ri nishonlarga zarba bermoqda” deb xabar tarqaganida, Rossiya “Xo‘p, bizga to‘g‘ri nishonlarni beringlar”, yoki “qayerga zarba beraylik” deb  deb murojaat qilsa — hech kim javob bermaydi.  “Bizni qanday tanqid qilish mumkin?” – deb Putin jurnalistlarga murojaat qildi “Katta yigirmalik” davlatlar samiiti nihoyasida bo‘lgan  matbuot anjumanida.

Terrorchilarni kim mablag‘ bilan ta’minlamoqda?

G20 sammitida Rossiya terrorchilarni mablag‘ bilan ta’minlayotgan jismoniy shaxslar haqida ma’lumotlarni taqdim qildi. Ular dunyoning 40 mamlakati vakillari, shu jumladan “Katta yigirmalik” vakillari ham borligini aytdi Vladimir Putin.

“Terrorchilik faoliyatini moliyalash yo‘llarini berkitish kerak. Men IShID terrorchilari turli mamlakatlardan mablag‘ olayotganini misol qilib ko‘rsatgan edim. Mablag‘lar 40 mamlkatdan kelmoqda, ba’zilari hatti “Katta yigirmalik”ka kiruvchi mamlakat fuqarolari ham bor”, g‘ dedi Rossiya rahbari.  

Uchrashuvda Putin, kosmosdan va samolyotlardan olingan, ID neft savdosini isbotlovchi suratlarni ko‘rsatdi.

“Kosmosdan va samolyotlardan olingan suratlarda, neft mahsulotlari noqonuniy savdosi qancha rivojlanganini ko‘rsatadi.  Avtotsisternalar kolonnasi o‘nlab kilometrga cho‘zilgan. 4-5 ming metr balandlikdan ular gorizont ortigacha cho‘zilgan”, — dedi prezident.

“Bu xuddi neft quvuriga o‘xshaydi. Hamkasabalarimiz bilan bu masalani muhokama qildik vayana davom ettirishga umid qilamiz. Bu menimcha, terrorchilikka qarshi kurashda juda zarur ”, — dedi prezident.

Rossiya iyerrorchilikka qarshi jang maydonida, qurollangan Suriya muxolifati bilan aloqa o‘rnatdi. Ikki tomon kelishuviga ko‘ra, ular Rossiya havo himoyasi ostida, IDga qarshi faol harakatlar boshlashga tayor. Rossiya kelishuvga ko‘ra o‘z majburiyatini to‘liq bajarmoqda.  

Agar ushbu kelishuvlar amalaga oshsa,  Bashar Asad armiyasi bir tomondan va muxolifat ikkinchi tomondan umumiy dushman bilan jang qiladi.

“Mening fikrimcha, ushbu holat, keyinchalik, Suriyada siyosiy barqarorlik topishga ham yaxshi asos bo‘lishi mumkin”, — dedi Putin.

“Katta yigirmalik” (G20) – bu dunyoning yetakchi mamlakatlari iqtisodiy va moliyaviy masalalar forumi. G20 dunyoning eng rivojlangan va rivojlanayotgan iqtisodlarini birlashtirib turadi. G20 mamlakatlari dunyo YaIMining 85% ishlab chiqaradi.

 

Yangiliklar lentasi
0