ShHT RATT terrorchilikka qarshi kurashda moliya razvedkasi ma’lumotlarini birlashtiradi

Obuna bo‘lish
ShHT mamlakatlari moliyaviy razvedka ma’lumotlari bilan o‘zaro almashish tizimini ishga tushirdi.

TOShKENT, 18 noya — Sputnik. ShHTning  Regional Antiterror tuzimi (RATT) matbuot xizmati xabariga ko‘ra, ushbu tashkilot Yevroosiyo Terrorchilikni moliyalash va Jinoyat yo‘li bilan topilgan daromadlarni qonuniylashtirishga qarshi guruhi  (YeAG) bilan ma’lumot almashish haqida kelishib olishdi.

“Moliya razvedkasi tomonidan aniqlangan, mablag‘ manbaalari, to‘plash usullari va tarqatish yo‘llari haqidagi ma’lumotlar bilan o‘zaro almashish yo‘lga qo‘yiladi”, — RATT matbuot xizmati xabariga ko‘ra.  

Ushbu kelishuv ikki tashkilotning Moskvada bo‘lib o‘tgan kengashida amalga oshirildi.

“Majlis dvomida moliya operatsiyalarining jinoyatga ishora qiluvchi shubhali belgilari va terrorchilikni moliyalashga qarshi kurashda milliy tajribadan namunalar keltirildi”, — deydi RATT.

Shanxay hamkorlik tashkilotiga Rossiya, Xitoy, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekiston kiradi. Belorussiya, Mongoliya, Hindiston, Eron, Pokiston va Afg‘oniston kuzatuvchi mavqeyiga ega. RATT shtab kvartirasi Toshkentda joylashgan.

 

Yangiliklar lentasi
0