Abdulla Oripov “Italiya yulduzi” ordeni bilan mukofotlandi

© Sputnik / Stringer"Italiya yulduzi" ordeni
Italiya yulduzi ordeni - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Italiya prezidenti Serdjo Mattarelli o‘zbek shoiri va ijtimoiy arbobi Abdulla Oripovni nufuzli orden bilan mukofotladi.

TOShKENT, 18 noya — Sputnik. O‘zbekiston madhiyasi muallifi, Respublika yozuvchilar ittifiqi raisi Abdulla Oripov “Italiya yulduzi” ordeniga sazovor bo‘ldi, shoir Muhammad Ismoil Facebook ijtimoy tarmog‘idagi sahifasida bergan xabariga ko‘ra.

Italiya prezidenti Serdjo Mattarelli bo‘yrug‘iga binoan o‘zbek shoiri va ijtimoiy arbobi Abdulla Oripov nufuzli orden bilan mukofotlandi.

O‘zbek shyeriyatining yorqin yulduzlaridan biri, shoir Abdulla Oripov 1998-yilda “O‘zbekiston qahramoni” unvoni bilan mukofotlangan edi. Shoir 1941-yil Qashqadaryo viloyati, koson tumaning Nekuz qishlog‘ida  tug‘ilgan. 1963-yilda Toshkent DUning jurnalistika fakultetini bitirdi.

Abdulla Oripovning Birinchi muhabbatim, Onajon, O‘zbekiston kabi she’rlari o‘zbek adabiyoti durdonalari qatoridan o‘rin olgan.

© Sputnik / Pogorelchenko / Mediabankka o‘tishAbdulla Oripov
Abdulla Oripov - Sputnik O‘zbekiston
Abdulla Oripov

 

Yangiliklar lentasi
0