Shoygu: halokatga uchragan Su-24 shturmani qutqarildi, u sog‘-salomat

© Sputnik / Mixail Klimentyev / Mediabankka o‘tishRossiya Mudofaa vaziri Sergey Shoygu
Rossiya Mudofaa vaziri Sergey Shoygu - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya va Suriya maxsus kuchlari tuni bilan o‘tkazilgan Su-24 uchuvchilarini qutqaruv operatsiyasini yakunladi. Samolyot shturmani qutqarildi, u sog‘-salomat bazaga olib kelindi.

TOShKENT, 25 noya — Sputnik. Rossiya va Suriya maxsus kuchlari Su-24 uchuvchilarini qutqaruv operatsiyasini yakunladi, deb xabar berdi Mudofaa vaziri Sergey Shoygu.

“Operatsiya muvaffaqiyatli yakunlandi. Shturman bizning bazaga olib kelindi. U sog‘-salomat” – dedi ministr, Mudofaa vazirligida bo‘lib o‘tgan majlisda.

Ministr, operatsiya 12 soat davom etganini aytdi, va tuni bilan juda katta xatar ostida ishlagan yigitlarga minnatdorchilik bildirdi. Operatsiya oqshom soat 03.40 da yakunlandi.  

“Men ushbu muvaffaqiyatli operatsiya haqida oliy qo‘mondonga (prezident Vladimir Putinga) xabar berdim. U operatsiyada qatnashgan barcha jangchilarga minnatdorchilik so‘zlarini yetkizishni so‘radi”, — dedi Shoygu.

 

Yangiliklar lentasi
0