O‘zbek milliy operatori GSM tarmog‘ini kengaytirmoqda

© niekverlaanSotoviy telefon
Sotoviy telefon - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Hozir respublikaning barcha hududlarida eng yangi asbob uskuna bilan jihozlangan tarmoqni ishga tushirishga tayorgarlik ketmoqda.

TOShKENT, 26 noya — Sputnik. O‘zbekiston milliy mobil aloqa operatori Uzmobile 2015-yil 1-dekabridan respublika viloyatlarida GSM tarmog‘ini ishga tushiradi. Bu haqda “O‘zbektelekom”vakili Sputnik O‘zbekiston muxbiriga xabar berdi.

Uning so‘zlariga qaraganda, hozir respublikaning barcha hududlarida, eng oxirgi uskunalar bilan jihozlangan GSM tarmog‘ini bosqichma-bosqich ishga tushirish maqsadida, tayorgarlik ko‘rilmoqda.   

2015 yil Aprel oyida Uzmobile Toshkent va Toshkent viloyatida GSM tarmog‘ini ishga tushirdi. Abonentlarga  GSM2G/3G/ HSPA+ i 4G LTE standartlarida xizmat ko‘rsatiladi.   

Eng yangi va eng tez axborot almashish texnologiyasi 4G LTE bilan bir qatorda kompaniya abonentlar orasida yuqori sifatli ovoz uzatish  texnoligiyasi — HD Voice ni ham ishga tushirdi. Korxona, elektron kartochkalar qabul qiluvchi terminallar va protsessing markazi orasida mustahkam aloqa o‘rnatish maqsadida maxsus xizmat —   Uzcard GSMni ishga tushirdi. Ushbu xizmat yordamida Uzmobile abonentlari o‘z uyali telefonlari orqali energetika resurslari xarajatini nazorat qilishlari mumkin.

“2015 yil ikkinchi yarmidan boshlab kompaniya GSM Assotsiatsiyasining to‘laqonli a’zosi bo‘ldi. Bundan buyon kompaniya abonentlari dunyoning istalgan nuqtasida GSM tarmog‘ida xalqaro rouming xizmatidan foydalanishlari mumkin”, — dedi mutaxassis.

Hozirgi kunda diler punktlari tez o‘sib bormoqda. Toshkentda 20ta savdo ofisi, 55 diler punkti bor. Toshkent viloyatida esa 16 ofis ochilgan.

2004 yilda Uzmobile CDMA standartida mobil aloqa va "O‘zbektelekom" tarkibilda statsionar aloqa xizmatlari ko‘rsata boshladi. Kompaniyaning asosiy vazifasi — respublikaning uzoq va borish qiyin bo‘lgan hududlarini aloqa bilan ta’minlash. Aynin shuning uchun, mobil aloqani respublika poytaxtida emas, balki viloyatlarda rivojlantirishni boshladi.

Texnik xizmat bo‘limi - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda internet tarmog‘ini yangilash oktabrgacha davom etadi

Suhbatdoshning so‘zlariga qaraganda, bugungi kunda CDMA standartida korxona abonentlari soni 500 mingga yetdi, bu esa soha abonentlarining 85 % ni tashkil qiladi.

O‘tgan yili Uzmobile filialiga milliy mobil aloqa operatori maqomi berildi. Uning zimmasiga mamlakat uyali aloqa tizimida faol qatnashish va uni rivojlantirish vazifasi yuklandi.

 

Yangiliklar lentasi
0