Eldar Razanov Moskvada 89 yoshida vafot etdi

© Sputnik / Sergey Ivanov / Mediabankka o‘tishKinorejisser E.A.Razanov
Kinorejisser E.A.Razanov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Taniqli Rossiya va Sovet kinorejisseri oxirgi yil davomida bir necha marta shifoxonaga yotqizilgani haqida xabar berilgan edi.

TOShKENT, 30 noya — Sputnik. Rejisser Eldar Razanov Moskvada 89 yoshida vafot etdi, RIA Novosti rejisserning nabirasi Dmitriy Troyanovskiyning so‘zlari asosida.

Oxirgi yil davomida Razanov bir necha marta shifoxonaga yotqizilgan edi. O‘tgan yilning noyabr oyida rejisser Burdenko nomli Neyroxirurgiya ilmiy-tekshirish institutiga yotqizilgan edi.

2015 yil avgustida esa — Bakulev nomli Yurak xirurgiyasi markaziga yotqizilgan edi. Undan keyin 21-noyabrda “Razanov og‘ir ahvolda Moskva shifoxonalarining biriga yotqizildi” deyilgan xabar paydo bo‘lgan edi.

SSSR xalq artisti Eldar Razanov – Sovet ittifoqi va Rossiya federatsiyasi kinorejisseri, ssenariy avtori, akter, pedagog, teleko‘rsatuvlar boshlovchisi, yozuvchi, shoir, dramaturg va produser. Uning eng mashhur kinofilmlari qatoridan: “Qaroqchi chollar”, “Italiyaliklarning Rossiyadagi ajoyib sarguzashtlari”, “Taqdir hazili”, “Ishdagi ishq mojarosi”, “Garaj” va boshqalar.

 

Yangiliklar lentasi
0