Rossiya “kukunli alkogol”ni ta’qiqlashga qaror qildi

Obuna bo‘lish
Ushbu qonun loyhasini Krasnoyarskda soxta alkogoldan 10 kishi qurbon bo‘lganidan keyin ishlab chiqishga qaror qilindi.

 

TOShKENT, 1 dek — Sputnik. Rossiya hukumati “kukunli alkogol” ichimliklarni ta’qiqlashga qaror qildi. Ushbu yo‘nalishda va umuman Rossiya alkogol bozorini tartibga keltirishga qaratilgan yangi qonun loyhasi bahogacha ishlab chiqarilishi rejalashtirilgan, RIA Novosti xabariga asosan.

Rossiyada “kukunli alkogol” ichimliklarni ta’qiqlash tashabbusi bilan “Rosalkogolregulirovanie” tashkiloti rahbari Vladislav Spirin chiqdi. Tarixda AQSh, Germaniya, Niderland va Yaponiyada mamlakatlarida kukunli alkogol sotishga urinishlar bo‘lgan, lekin ular muvaffaqiyatga erishmagan.

Eslatib o‘tamiz, noyabr oyida Rossiyaning Krasnoyarsk shahrida soxta “Jack Daniel's” viski 10 kishining umriga zomin bo‘lgan va yana o‘nlab kishi og‘ir ahvolda kasalxonaga yotqizilgan edi.  

“Kukunli alkogol”ni Rossiya va Yevroosiyo Ittifoqi hududida ta’qiqlash yangi qonunning muhim ahamiyatlaridan biri bo‘ladi. Federal qonun loyhasi va Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasining taaluqli qarori 2016-yil 1 kvartali davomida hukumat muhokamasiga chiqarilishi kerak. Ushbu topshiriq Rospotrebnadzor, Rosalkogolregulirovanie, Minpromtorg, Minzdrav va Rossiya Ichki Ishlar vazirligi zimmasiga yuklangan.

Ushbu choralar “kukunli alkogol” va sun’iy alkogol mahsulotlarining yangi ko‘rinishlari tarqalishiga qarshi qaratilgan.

 

Yangiliklar lentasi
0