Iqtisod

Rossiyada Il-114 samolyoti TMZ planerlari asosida ishlab chiqariladi

© Sputnik / Sergey Gavrilenko / Fotobankka oʻtishIl-114-100 samolyoti
Il-114-100 samolyoti - Sputnik Oʻzbekiston
Nijniy Novgorodning “Sokol” aviatsiya zavodiga Il-114 samolyoti ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish uchun 1,5-1,7 mlrd rubl kerak boʻladi. Toshkent aviazavodi mahsuloti asosida ishlab chiqarilgan eng birinchi samolyotlar 2019 yilda paydo boʻlishi mumkin.

TOSHKENT, 1 dek — Sputnik. Bosh vazir oʻrinbosari Dmitriy Rogozin 9 noyabr kuni Il-114 samolyoti asosida, yaqin mahalliy yoʻnalishlarga moʻljallangan samolyot ishlab chiqarishga kirishilganini maʼlum qilgan edi. Birinchi samolyotlar Nijniy Novgorodning “Sokol” aviatsiya zavodida ishlab chiqariladi.

Vazir oʻrinbosarining soʻzlariga qaraganda “Ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish “Sokol” zavodiga 1,5-1,7 mlrd rubl kerak boʻladi. <…> Zavodni qayta jihozlash va ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish uchun yordam berish imkoniyati bor”.  

Rossiya prezidenti Privoljsk regiondagi vakili Mixail Babichning soʻzlariga qaraganda Nijniy Novgorod aviatsiya zavodida barcha kerakli sharoitlar bor: boʻsh turgan ishlab chiqarish maydonlari va ushbu ishni bajarishga qodir malakali mutaxassislar.   

“Tashqi ishlar vazirligi va Birlashgan Aviatsiya korporatsiyasi tomonidan Oʻzbekistonlik hamkasabalarimiz bilan muzokaralar olib borilmoqda. Ulardan maqsad, Toshkent aviatsiya zavodidagi yarim tayor samolyotlarni sotib olish. Bundan maqsad 2019 yilda, birinchi samolyotlar Rossiya avialiniyalarida paydo boʻlishi”, — dedi Babich.

"Birinchi Il-114 samolyotlari Toshkent aviatsiya zavodi planerlari asosida ishlab chiqarilishi mumkin, Toshkent aviatsiya zavodida beshta sotilmagan planerlar bor", — degandi Ilyushin aviatsiya kompleksi bosh konstruktori Nikolay Talikov. 

Il-114 turbovintli samolyot Ilyushin konstruktorlik byurosi tomonidan 1980 yillar oxirida ishlab chiqarilgan edi. Samolyot yaqin mahalliy masofalarga uchish uchun moʻljallangan. Ochiq manbaalar xabariga koʻra 20dan ortiq samolyot qurilgan. Keyinroq ushbu samolyotning bir necha fuqaro va harbiy aviatsiya modifikatsiyalari ishlab chiqarilgan edi.

Oʻtgan yilning avgust oyida Vladimir Putin hukumat vakillari, Mudofaa vazirligi va Privolsjsk okrugidagi prezident vakiliga Il-114 samolyotining ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyishning iqtisodiy istiqbollarini va maqsadga muvofiqligini baholashni topshirgan edi. Ekspertlar fikriga koʻra, samolyot sezilarli darajada oʻzgartirishlar kiritishni talab qiladi: xususan uning dvigateli va barcha radioelektron uskunalarini yangilash kerak boʻladi. 

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala