Jamiyat

Oʻzbekiston Havo Yoʻllari Rossiyada bir necha faxriy yorliqlar oldi

© Gennady Misko"Oʻzbekiston Havo yullari" milliy aviakompaniyasi
Oʻzbekiston Havo yullari milliy aviakompaniyasi - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻzbekiston milliy aviakompaniyasi Sochi va Domodedovo aeroportlaridan faxriy yorliqlar oldi.

TOSHKENT, 3 dek — Sputnik. Oʻzbekiston milliy aviakompaniyasi Sochi aeroportida eng punktual aviakompaniya deb tan olindi, kompaniya matbuot xizmati xabariga koʻra.  

Sochi, Krasnodar, Anapa va Gelendjik aeroportlarini boshqaruvchi aviatsiya xoldingi Bazel Aero, 2015 yil yozgi parvozlar natijasi boʻyicha, Oʻzbekiston Havo Yoʻllariga Krasnodar viloyatida aviatsiya tashuvlarini rivojlantirishga qoʻshgan hissasi uchun faxriy yorliq topshirdi.

Ushbu yilning iyul oyida Domodedovo aeroporti Oʻzbekiston Havo yoʻllari 138 reysni jadvalga muvofiq ravishda bajargani uchun “eng punktual kompaniya”, — deb tan oldi.   

Bugungi kunda Oʻzbekiston milliy aviakompaniyasi Yevropa, Osiyo, Amerika va Yaponiyaning 40dan ortiq shaharlariga parvozlar tashkil qilib kelmoqda. Dunyoning 25 mamlakatida kompaniya vakolatxonalari ochilgan.

 

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala