Putin: “Ular nega bunday qilishganini faqat Olloh biladi”

Obuna bo‘lish
“Ular nega bunday qilishganini faqat Olloh biladi” – deb izoh berdi Putin, Turkiya tomonidan urib tushirilgan Su-24 samolyoti voqeasiga to‘xtalar ekan.

TOShKENT, 3 dek — Sputnik. Vladimir Putinning so‘zlariga qaraganda, Turkiya o‘zining o‘ylamay qilgan ishi uchun faqat “pomidorlari” bilan javob bermaydi, “ular bu qilmishidan juda qattiq pushaymon bo‘lishadi hali” – dedi Rossiya rahbari.

Bo‘sh plyaj - Sputnik O‘zbekiston
Turkiyaga nisbatan iqtisodiy sanksiyalar kiritildi

“Ular nega bunday qilishganini faqat Olloh bilsa kerak. Bilmadim, balki, Olloh Turkiya rahbarlarini jazolash uchun ularni ongidan mosuvo qilgandir. Nima bo‘lganda ham, Turkiya rahbarlari jazodan qutula olmaydi. Uchuvchilarimiz orqasidan o‘q uzadiganlar, shuni yaxshi uqib olsin”.

Putinning so‘zlariga qaraganda, Rossiyaning hozirgi siyosati Turkiya xalqiga qarshi qaratilmagan, Turkiyada Rossiyaning qadrdon va ishonchli do‘stlari juda ko‘p. Rossiya davlati ular va hukmron tabaqa o‘rtasida tenglik belgisini qo‘ygani yo‘q.

Yangiliklar lentasi
0