Mixail Saakashvili Gruziya fuqaroligidan mahrum qilindi

© Sputnik / Stringer / Mediabankka o‘tishGruziya sobiq prezidenti Mixail Saakashvili
Gruziya sobiq prezidenti Mixail Saakashvili - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ushbu qaror Gruziyaning amaldagi prezidenti Georgiy Margvelashvili tomonidan qabul qilindi.

TOShKENT, 4 dek — Sputnik. Gruziya prezidenti Georgiy Margvelashvili mamlakatning sobiq prezidenti Mixail Saakashvilini fuqarolikdan mahrum qilishga farmon chiqardi.

Margvelashvili 2013 yil noyabrida prezidentlik kursisini egallashi bilan, Saakashvili Gruziyani tark etdi. Ko‘p o‘tmay, Gruziya Bosh prokuraturasi Saakashviliga sirtdan bir qancha jinoiy ayblovlar e’lon qildi. Sobiq prezident, davlat budjetidan 5 million dollarga yaqin mablag‘ni shaxsiy ehtiyojlari uchun sarflab yuborganligi ma’lum bo‘ldi va u mamlakat ichida qidiruvga berildi.

"Boshqa mamlakat fuqaroligini qabul qilganligi sabab, boshqa fuqarolar bilan bir qatorda, Mixail Saakashvili ham Gruziya fuqarolidan mahrum qilindi", — deyiladi prezident farmonida.

Eks-prezident safdoshlari, ya’ni muxolifat partiya vakillari, hukumat 2016-yilning kuz oyida o‘tkaziladigan parlament saylovlarida yutqazib qo‘yishdan qo‘rkib, shunday qilganini ta’kidlamoqda.

Gruziya Adliya vazirligi rahbari Teya Sulukiani bunga javoban, Saakashvili Ukraina pasportini olganligi haqida rasmiy hujjat kelganini ma’lum qildi.

Gap shundaki, Gruziya qonunlariga muvofiq, agar Gruziya fuqarosi boshqa mamlakat fuqaroligini qabul qilsa, avtomatik tarzda Gruziya fuqaroligidan mahrum qilinadi. Ammo bu uchun ba’zi rasmiy tartib amalga oshirilishi kerak. Jumladan, Adliya vazirligi maxsus xizmati Saakashvilining fuqaroligi ishi yuzasidan xulosa chiqarib, mamlakat prezidentidan uni fuqarolikdan mahrum qilishini so‘rab, iltimosnoma yo‘llashi, prezident esa, o‘z navbatida, bu hujjatni tasdiqlashi lozim.

Yangiliklar lentasi
0