Dunyoda

Armaniston prezidentlik boshqaruvidan voz kechmoqda

© Sputnik / Grand Xachatryan / Mediabankka oʻtishYerevanda saylovlar boʻlib oʻtmoqda
Yerevanda saylovlar boʻlib oʻtmoqda - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Saylovchilarning uchdan ikki qismi prezidentlik respublikasidan parlament boshqaruviga oʻtish loyihasini qoʻllab-quvvatladi.

TOSHKENT, 7 dek — Sputnik. Armanistonda mamlakat Konstitutsiyasiga oʻzgartirishlar kiritish uchun oʻtkazilgan referendum yakuni eʼlon qilindi. Fuqarolarning koʻpchilik qismi — 63,35% — prezidentlik boshqaruv tizimi parlament boshqaruviga oʻzgarishi uchun ovoz berdi.

Yangi konstitutsiyaviy islohotga koʻra, mamlakat boshqaruv tizimi prezident respublikasidan parlament boshqaruviga oʻtadi. Hujjatga koʻra, Armaniston prezidenti 7 yil muddatga (hozir 5 yil) parlament deputatlari va mahalliy oʻzi-oʻzi boshqarish organlari vakillari tomonidan saylanadi. Armaniston prezidenti u yoki bu partiya aʼzosi boʻlishi taʼqiqlanadi. U, shuningdek, bir martadan ortiq muddatga saylanishi mumkin emas. Ijro hokimyatining oliy organi hukumat hisoblanadi va u mamlakat ichki hamda tashqi siyosatini yuritadi. Shuningdek, davlat boshqaruviga toʻliq rahbarlik qiladi. Prezident bosh vazirni parlament saylovida gʻalaba qozongan partiyadan yoki partiyalar blogidan nomzod sifatida koʻrsatishi mumkin.

Bir palatali parlament besh yil muddatga saylanadigan 101 deputatdan (hozirda ular soni 131 nafar) iborat boʻladi.

Yangiliklar lentasi
0